Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Samarqandda ekskursiya dabldekerlari yura boshlaydi

Samarqandda yaqin oylar ichida sayyohlik yo‘nalishi bo‘yicha ekskursiya dabldekerlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “Anons.uz” “O‘zbekturizm” kompaniyasi raisi Farrux Rizayev ma’lumoti asosida xabar beradi.
“Samarqand O‘zbekistonning asosiy sayyohlik shaharlaridan biri hisoblanadi. Bunday avtobuslarning u yerda paydo bo‘lishi qadimiy shaharga tashrif buyurishga qiziqishni yanada orttiradi”, — deydi Rizayev.
Uning ta’kidlashicha, dastlab xitoylik avtomobil ishlab chiqaruvchilardan oltita avtobusning xarid qilinishi rejalashtirilmoqda. Zarurat bo‘lganda ularning soni ko‘paytiriladi.
Avtobus Samarqandning asosiy diqqatga sazovor joylari, ular haqidagi afsonalarni sakkizta tilda so‘zlab beruvchi o‘ziga xos audioekskursiya bilan jihozlanadi.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3010 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: dabldekerlar, yura boshlaydi, Samarqand, ekskursiya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
JalolBeck_GanGsta Voyyyaaaaa zoruuuu
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:23
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное