Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Merlin-Soundtreck
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Sardor Rashidov: “Xorij klublaridan qiziqish borligini rad etmayman”

Osiyo Kubogi — 2015dagi ishtirokini yakunlagan O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentga qaytib keldi. Futbolchilarni kutib olish uchun Toshkent xalqaro aeroportiga chiqqan muxbirlar yigitlardan bir nechtasi bilan suhbatlashishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
Asosiy “nishon” OK — 2015da o‘zini har tomonlama ko‘rsata olgan Sardor Rashidov bo‘ldi.
“Osiyo Kubogi — 2015 musobaqasidan juda yaxshi taassurotlar qoldi. Turnir biz uchun yomon o‘tgani yo‘q, nazarimda. Ko‘ngilni xira qiladigan jihat shundan iboratki, biz ishtirokimizni chorak finaldayoq yakunlashga majbur bo‘ldik. Aslida uzoqroqqa borishni maqsad qilgandik. Lekin biroz omad yetishmadi.
Umuman olganda, Avstraliyadagi turnirdan faqat ijobiy taassurotlar qoldi. Bunday nufuzli musobaqada ilk marta ishtirok etdim. Shu boisdan oz bo‘lsa-da hayajon bo‘ldi. Ammo qo‘limdan kelgancha o‘ynashga harakat qildim”, — dedi o‘zbek futbolida porlay boshlagan “yulduz”.
Sardorning qit’a chempionatidagi o‘yini ko‘plab muxlis-u mutaxassislarga manzur bo‘ldi. Shu boisdan so‘nggi kunlarda “Bunyodkor” a’zosiga bir qator xorij jamoalaridan qiziqish bo‘layotgani to‘g‘risida xabarlar tarqala boshladi. Bu haqda futbolchining o‘zi shunday dedi:
“Xorij klublaridan menga qiziqish bo‘layotganini rad etmayman. Ammo hozircha biror aniq gap ham ayta olmayman. Tez orada agentim bilan uchrashib, bu xususda bafurja gaplashib olaman. Yaqin kunlarda bu borada ham yangiliklar bo‘lib qoladi”.


Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 4851 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Osiyo Kubogi, Sardor Rashidov, Futbol
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
sala9497 .omad qachon keledi tas gullegendeme
Like | 0
NuR_KR Sardor ga omad.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:58
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное