Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Saroy Javohiri-Soundtreck3
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Pazanda - Im Loving You
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Qaqnus - Mal De music
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Merlin-Soundtreck
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Shavkat Mirziyoev: O‘qituvchini hurmat qilmaganni men ham hurmat qilmayman


Bu O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan xalq ta’limi tizimini tubdan o‘zgartirish, uni zamon talablariga muvofiq takomillashtirish borasida qo‘yilgan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida alohida qayd etildi, deb yozmoqda O‘zA.

Bosh vazir A.Aripov boshqargan yig‘ilishda xalq ta’limi tizimidagi o‘rganishlar natijalari tahlil etilib, Prezidentimiz sohaning hozirgi ahvolidan umuman qoniqmayotgani, tegishli topshiriqlar berilganiga qaramay sezilarli o‘zgarish bo‘lmagani tanqid ostiga olindi. Shuning uchun tizimning asosiy rahbarlari o‘z lavozimlaridan ozod etildi.

Ta’lim tizimi xodimlarining turli xil tozalash, dala ishlarida dastyorga aylantirilgani ularning ish sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib keldi. Prezident tomonidan majburiy mehnatni taqiqlash bo‘yicha tegishli hujjatlar qabul qilinganiga qaramay, joylardagi ayrim mansabdor shaxslar hamon bu “xumor”dan voz kecha olmayotgani achchiq haqiqat.

Endilikda bunday holatlarga butulay chek qo‘yiladi va bunday qilmishni sodir etgan shaxslar jinoiy javobgarlikkacha tortiladi.

O‘qituvchi – jamiyatdagi eng obro‘li kasb egasi bo‘lishi darkor. Buning uchun barcha choralar ko‘riladi. Zero, jahondagi eng rivojlangan davlatlardan hisoblangan Yaponiya, Singapurda aynan shunday yondoshuv tufayli ular jadal taraqqiy etgan.

Prezident Shavkat Mirziyoev o‘qituvchining obro‘sini oshirish borasida zarur topshiriqlar berar ekan, “O‘qituvchining hurmat qilmagannni men ham hurmat qilmayman”, deb alohida ta’kidlagani videoselektorda alohida qayd etildi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3520 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O'qituvchi, Shavkat Mirziyoev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:18
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное