Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Shavkat Mirziyoyevning Facebook sahifasini kuzatuvchilar soni 114 ming kishidan ortdi


2016 yil 24 sentabrida tashkil etilgan va keyinchalik O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojat qilish imkonini beruvchi Virtual qabulxonaga o'tgan sakkiz oy mobaynida 800 mingdan ortiq murojaat bo'lgan. O'zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyasida shu haqda ma`lum qildi. 



Uning so'zlariga ko'ra, 2016 yilning dastlabki 9 oyi mobaynida Vazirlar Mahkamasiga 19 ming murojaat bo'lgani e`tiborga olinsa, davlat boshqaruvida elektron axborot texnologiyalarini joriy qilish amalda o'z samarasini bermoqda. Bundan tashqari, Prezidentning Facebook sahifasini (www.facebook.com/Mirziyoyev/?fref=ts) kuzatuvchilar soni 114 ming nafardan ortgan. Vazirning qayd etishicha, Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev axborot texnologiyalaridan foydalanishda birinchi bo'lib namuna bo'lmoqda. 

Sherzod Shermatovning aytishicha, O'zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o'z vakolatini tugatgan janubiy koreyalik o'rinbosari Kim Nam Sok ham davlat boshqaruvida axborot texnologiyalaridan foydalanishda jiddiy yutuqlarga erishilganini qayd etgan.  

U hukumat yig'ilishlarida videoselektor uslubi keng qo'llanilishini yuqori baholab, bu tajribani Janubiy Koreyada amalda qo'llamasliklari, vaholanki mazkur uslub rahbar xodimlarning vaqtini tejashda hamda muammolarni zudlik bilan hal etishda muhim ahamiyatga egaligini ta`kidlagan. 


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2339 | Рейтинг: 0| Рейтинг: facebook, kuzatuvchilar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:30
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное