Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » ISLOM VA DIN HAQIDA

Sigaret chekish tahoratni buzadimi?


Savol:

Sizlarning «Dinda savolim bor…» deb, nomlangan kanalingizda sigaret chekish tahoratni buzmaydi degan javobni oldim. Ammo bu savolga rahmatli Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf buzadi, deb javob bergan ekan?! Xo'sh, bularning qaysi biri to'g'ri?

Javob:

Savolning «Xo'sh», deb tugashidan «Qani aytlaringchi, qaysi biring to'g'ri gapirgansan, shuni bilmoqchiman», deganday tuyuldi. Lekin nima bo'lganda ham javob beramiz. Biz hech qachon Shayx rahimahullohning aytganlarining teskarisini aytmaymiz va qilmaymiz. Masala Hazratning jamiyat holatidan kelib chiqib aytganlarida. Ya'ni, Hazrat rahimahulloh jamiyatdagi kashandalik illatiga barham berish va odamlarni undan uzoq tutish uchun shunday deganlar. Bunday nozik tushunchani biz qadim fuqaholarda ham ko'ramiz. Masalan xamr ichib, mast bo'lganning talog'i tushishi hanafiy mazhabida aytilgan. Ammo aslida hushi o'zida bo'lmaganning talog'i tushmaydi. Mast qiluvchi ichimliklardan tiyish va qaytarish uchungina talog'i tushadi, deyilgan. Hazratning ham ishlari shunday, jamiyat va odamlarning holatini va muolaja yo'llarini yaxshi bilganlari uchun shunday deganlar.

Alloh yanada biluvchiroq.

Mubashshir Ahmad



Manba:Hordiq.uz
Категория: ISLOM VA DIN HAQIDA
Просмотров: 3340 | Рейтинг: 0| Рейтинг: chekish, buzadimi, sigaret, tahorat
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:05
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное