Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
. Titanik-soundtreck
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Pazanda - The Sound of Love
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Efir Sirlari - Soundtrack
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Uzoq muddat o‘tirish chekish kabi zararlidir

So‘nggi yillarda tik holda ishlash g‘oyasi ommalashib bormoqda. Tanqidlarga qaramay, bu g‘oyaning o‘ziga yarasha ijobiy tomonlari bor. Tikka holatda ishlaganda o‘tirganga nisbatan metabolizm tezligi yuqori bo‘ladi: kaloriyalar iste’moli bir yarim marta ko‘proq bo‘ladi. Bundan tashqari, uzoq vaqt o‘tirish ko‘plab kasalliklar paydo bo‘lishiga va mushaklar karaxtligi hamda atrofiyasiga sabab bo‘ladi.  
Mark Xamilton
Fiziolog, Luizianadagi Pennington biotibbiyot tadqiqot markazi professori.
O‘tirishyangi chekish turiga o‘xshaydi, u juda xavfli!
Harakat faolligi vaqtida oyoqlar bilan nima sodir bo‘ladi? 
 
Elektromiografiya (EMG) yordamida turli faoliyat vaqtida oyoqlar harakatini tahlil qilish mumkin: yurish, yugurish, sakrash, oyoq uchida turish. Skelet mushaklarining elektron faoliyati odatiy elektrokardiogramma (EKG) kabi bioelektrik salohiyatlar farqlanishi bo‘yicha qayd etiladi. 
Siz o‘zingizda charchoqni his qilmasligingiz mumkin. Biroq oyoqlar butun tana og‘irligini ko‘targanida har bir mushak izometrik tarzda qisqaradi. Turgan holda ikki soatni o‘tkazish, 3 kilometrga yugurish bilan tengdir.  
Genetika oyoq uzunligi va hajmiga qanday ta’sir ko‘rsatadi
Hozirgi kunda oyoq uzunligi genetikaga bog‘liq, deb hisoblanadi. Umuman olganda, ayollar erkaklarga nisbatan biroz uzunroq oyoqli hisoblanadi: o‘rtacha hisobda ayollarning 18–45 yoshida oyoq uzunligi bo‘yning 45 foizini tashkil etadi.
Oyoqlar qanchalik xushbichim bo‘lishi faqat genetikaga bog‘liq emas. U qancha ko‘p tik turishga ham bog‘liq bo‘ladi.
Ayollar oyoqlarining muammolari
Ayollar tanasi beldan yelkagacha yog‘ yig‘ishga moyildir. Buning o‘ziga yarasha sabablari bor: homilador bo‘lish vaqtida organizmni zahira bilan ta’minlashdir. Hattoki, qomatingiz «nok»ni eslatmasa ham.
Bo‘ksadagi ortiqcha yog‘lar boshqa muammoni ham anglatadi. Teri osti yog‘ qatlamida buzilishlar sodir bo‘lsa, oyoqlar apelsin qobig‘iga o‘xshab qoladi. Tibbiyotda sellyulit rivojlanishi sabablari to‘g‘risida birlamchi va aniq fikrlar bo‘lmasa-da, oyoq uchun mashqlar to‘qimalardagi almashinuv jarayonlarini yaxshilaydi, yog‘ miqdorini kamaytiradi va oyoq ko‘rinishini ko‘rkamlashtiradi.
Jismoniy mashqlarning oyoq tashqi ko‘rinishiga ta’siri 
Maqola muallifi Melissa Rot (Melissa Roth) bu borada tadqiqot o‘tkazishga qaror qildi. U o‘z dasturiga o‘nlab o‘tirib turish va itarish, shuningdek, zinapoyalar bo‘ylab ko‘tarilish va veloaerobika (spinning) mashqlarini kiritishni maqsad qildi. Oqibatda, oyoq tadqiqoti bo‘yicha 4 hafta ichida yog‘ miqdori 10 foizga kamaydi. 8 haftalik mashq va parhez (kuniga 1 500 kkal)dan so‘ng bo‘ksa hajmi ancha qisqardi.
Biroq parhez va mashq birlashtirilgan tadqiqotda mushak to‘qimalarining miqdori kamaymagan. 
O‘tirib turish, zinalardan chiqish va veloaerobika nafaqat oyoqlar hajmini me’yorida ushlab turadi, balki ularning faoliyatini ham yaxshilaydi — yog‘ miqdori kamayadi, mushaklar esa o‘sib boradi.
Agar chiroyli oyoqlaringiz bo‘lishini istasangiz, unda ushbu qoidaga amal qiling: parhez, jismoniy va kardio mashqlar.
Kuchli va bardoshli oyoqlar — xushbichimlik garovi: ular kun davomida jismoniy faollikning barcha turlarini yengillashtiradi. Siz yanada harakatchan bo‘lib, ko‘proq kaloriya yo‘qotasiz. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, dietadan so‘ng yo‘qolgan vazn va mustahkam oyoqlarda o‘zaro bog‘liqlik bo‘ladi. Statistik ma’lumotlar esa ayollarning bo‘ksa hajmi ular faol hayot tarzini olib borganlarida tezroq qisqarishini tasdiqlaydi.  


Manba:kun.uz
Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 4948 | Рейтинг: 0| Рейтинг: zarar, Uzoq muddat o‘tirish, chekish
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:46
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное