Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkent shahrida firibgarlikning yangi turi paydo bo‘ldi

Toshkent shahrida odamlarni aldab pul ishlashning yangi turi paydo bo‘ldi. Bu haqda “Sayyod.com” nashri xabar bermoqda.  
Bir guruh yosh yigitlar Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uylarning eshigini taqillatib, xonadon raqamini sotib olishga majbur qilmoqda. 
Nashrning ma’lum qilishicha, ular o‘zlarini tuman hokimiyatining muvofiqlashtirish bo‘limidan ekanligini ta’kidlab, hamma xonadonlarning raqami bir xil bo‘lishi kerakligini ta’kidlab, odamlarga plastmassadan yasalgan raqamlarni pullamoqda. Xitoyda ishlab chiqarilgan plastmassa raqamlar 5 ming so‘mdan 20 ming so‘mgacha sotilayotgani aytilmoqda. 
“Uyimizga yosh yigitcha kelib hokimiyatni muvofiqlashtirish bo‘limidanman, deb qandaydir bir qarorni nusxasini ko‘rsatib, 20 ming so‘mdan uy raqamini sotib olishni taklif etdi va bu majburiy ekanini aytdi.  Men ham o‘zimni tanishtirib hokimiyatda bunday bo‘lim yo‘qligini aytganimda u ‘Kamolot’ bo‘limidanman, deyishga tushdi. Keyin esa go‘yoki xo‘jayini bilan bog‘lab berdi. Qizig‘i u xo‘jayini xam shu yigitchadek yosh va bir ikki savolimga javob berolmay telefonni qo‘yib qo‘ydi.  Qonunni bilganim uchun ishni milisiyaga oshirdim. Ishonsangiz, bular uyushgan va tarmoqlab ketishgan ekan. Xammasi 1995-97 yillarda tug‘ilgan yoshlar. Bir nechta tumanlarda 5 ming so‘mdan 20 ming so‘mgacha shunday firibgarlik yo‘li bilan arzon uy raqamlarini hokimiyat nomidan sotib ulgurishgan. Ancha buncha pulga shu tariqa ega bo‘lishgan.  Ro‘zada  mana shu ishlarni qilib yurgan  yoshlarga qarab achinasan ham.  Muhtojmikan desang tuppa-tuzuk kiyingan, qo‘lida Iphone 5”,—deydi firibgarlar bilan suhbatlashgan guvohlardan biri.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 9774 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Toshkent, Firibgar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:00
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное