Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentda gaz quvuridan kelib chiqqan avariyada hech kim jabr ko‘rmadi

Toshkent viloyatida gaz quvuridagi avariya tufayli kelib chiqqan yong‘inda hech kim jabr ko‘rmadi. Bu haqda O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
2015 yilning 24 avgustida soat 21:00 da Toshkent viloyati Yuqori-Chirchiq tumanidagi “Avesto” fermer xo‘jaligi hududidan o‘tuvchi “Yangier-Toshkent” magistral gaz quvurining 157 km dagi qismida yirik yong‘in chiqishiga sabab bo‘lgan avariya sodir bo‘ldi. Matbuot xabarnomasida ta’kidlanishicha, bu favqulodda vaziyat Toshkent shahrining gaz bilan ta’minlanishiga ta’sir ko‘rsatmagan.
“Jabrlanganlar yo‘q. Qabul qilingan tezkor choralar natijasida yong‘in soat 23:40 da bartaraf etildi. Voqea joyida “O‘zbekneftgaz” MXK, O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va boshqa mutassadi boshqarmalar vakillaridan tuzilgan shtab tashkil etildi. Hozirda gaz quvurining shikastlangan qismini tiklash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda”, - deyiladi xabarnomada.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4706 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: jabr ko‘rmadi, AYoQSh, gaz quvuri, kelib chiqqan, avariya, hech kim, Toshkent
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
NaTaLi Яхши бопти
Like | 0
Braveheart Yaxwi hech kim jarohatlanmapti
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:53
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное