Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Efir Sirlari - Piano Version
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 2
. Sherlock Holmes - soundtreck (mix)
. Pazanda - The Sound of Love
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentda tuxum nega qimmatlashdi?

So‘nggi yarim oy ichida Toshkent do‘konlarida tuxumning narxi 300-400 so‘mga oshib ketdi. Keyinchalik narxlar xiyol tushgan bo‘lsa ham, ular hanuzgacha mo‘’tadil emas.
Ta’kidlanishicha, mamlakatda 2015 yil ko‘rsatkichlariga muvofiq mavjud korxonalarning salohiyati kishi boshiga 157 dona tuxum yetkazib berishga yetarli. Yilning birinchi yarmida 2.8 mlrd dona tuxum yetkazib berilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11.6 foizga ko‘proqdir. 2010 yilda aholi o‘rtasida tuxum iste’mol jon boshiga 110-120 donani tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yilda ushbu ko‘rsatkich 180-190 donaga yetishi mumkin. Shunga qaramay, tuxum narxi tavsiya qilingan 270-300 so‘mdan ikki barobarga oshib, o‘rtacha 530-600 so‘mni tashkil qilmoqda.
Bu holatning sababini “Parrandasanoat” uyushmasi rahbari o‘rinbosari Po‘lat Rahmatullaev tushuntirishga urinib ko‘rdi.
“So‘nggi besh yil ichida parrandalar ozuqa narxi ham 2.5-4 baravarga oshgan, - dedi u “Darakchi” gazetasi bilan suhbatda. – Bu payt ichida tuxum narxi bor-yo‘g‘i 1.5 marta oshdi, xolos. Joriy yil boshidan beri tuxumning tannarxi 300-320 so‘mga to‘g‘ri kelmoqda. Biroq ayrim xo‘jaliklar uning donasini 250-300 so‘mdan sotishgan. Bu esa xo‘jaliklarga katta ziyon keltirgan. Bu o‘z navbatida ayrim parranda fabrikalarini inqiroz yoqasiga olib keldi. Ozuqa narxining ham oshib ketayotgani bu holatni yanada keskinlashtirdi. Natijada bugungi kunda tuxumning tannarxi 410-430 so‘mga yetib qoldi”.
“Tez orada narxlar tushishi kutilmoqda, - so‘zida davom etdi amaldor. – Hozir parranda fabrikalari tuxumni 450-500 so‘mdan yetkazib berishmoqda. Bu narx ularni inqirozdan saqlab qolishda yordam beradi, deb umid qilamiz”.
 


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 7831 | Комментарии: 5 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Toshkent, tuxum
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 5
begim4155 Вой фаргонада ха шу хол . <_<
Like | 0
Muzaffar99 faqat Toshkentda oshmadi
Like | 0
2536789 1 oktabrdan ko`p narsala qimmatlawadi diyiwvotti wu to`rimikna
Like | 0
farhod8483 anjonda 500 dan sotilyapdi 1 yildan beri nega unaqa
Like | 0
rashid0607 Qoraqalpog'ilstonning Xo'jali tumanida tuxim narxi 600 so'm ku.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:09
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное