Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentda yurak tomirlari ustida ilk operatsiyalar o‘tkazildi

Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida yangi bo‘lim ochildi, u yerda angiografik qurilma yordamida tomir kasalliklarini davolash mumkin. Bu haqda Uzbekistan Today xabar bermoqda.
«Ilk operatsiyalarni yurak tomirlari ustida o‘tkazdik, — dedi bo‘lim mudiri Bahrom Alaviy. — Yangi texnologiyalar tufayli katta imkoniyatlar yuzaga kelmoqda. Tomirlar torayishi boshlang‘ich bosqichlarda aniqlansa va u bartaraf etilsa, patologiyagacha yetib bormaslik mumkin».
Uning so‘zlariga ko‘ra, markazga kelayotgan bemorlar orasida buyrak arteriyasi bekilib qolishi natijasida kelib chiqqan yuqori qon bosimi, insultga olib keluvchi uyqu arteriyasi bekilib qolishidan azob chekayotganlar ko‘p. «Vaqt o‘tishi bilan bunday patologiyalarga ega bemorlarga yordam berishi mumkin bo‘lgan texnologiyalarni ham o‘zlashtiramiz», — dedi Bahrom Alaviy.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2591 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Toshkent, operatsiya, yurak tomirlari
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:43
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное