Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentdagi 6-tug‘ruqxonada ayollar va chaqaloqlar karantinga olindi

Sanitariya–epidemologiya nazorati davlat inspeksiyasi inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi. 

 
Unda Toshkentdagi 6-tug‘ruqxona karantinga olingani bo‘yicha savollarga javob berildi.
 
— Ushbu tug‘ruqxona mijozidan kasallik aniqlangani bois undagi ayollar, chaqaloqlar va tibbiyot xodimlari 14 kunlik karantinga olindi, – deydi Nurmat Otabekov. – Aholi orasida har kuni soni ortayotgan kasallarning qanday aniqlanayotganiga kelsak, ular xorijda bo‘lib qaytganlar va ular bilan aloqada bo‘lganlar orasida aniqlanmoqda. Ularning ko‘pchiligi karantinga olingan edi.
 
Endi karantinda bo‘lganlar orasida kasal aniqlasa, boshqalarga ham yuqish xavfiga kelsak, bunday holat yuz berishi mumkin. Bundan hech kim himoyalanmagan. Hozir karantinga olinganlar 86 ming nafardan ko‘p bo‘lib, ularning 23 mingdan ortig‘i stansionar sharoitda saqlanmoqda.
 
Tibbiyot yordami ko‘rsatish jarayonida bemor va sog‘lom inson o‘rtasida aloqa bo‘ladi. Agar bemorni stansionar sharoitida davolash jarayonida tibbiyot xodimiga koronavirus yuqsa, unga 100 million so‘m tovon puli berilishi hujjatlarda keltirilgan.
 
Birinchi kunlari kasallanganlar olib kelinganda, shifokorlarga ehtiyotsizlik tufayli yuqqan holatlar kuzatildi. Keyingi kunlarda ko‘rilgan choralar tufayli bunday salbiy hodisa yuz bergani yo‘q.


Manba:xabar.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3126 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Ayollar, Chaqaloqlar, 6-tug‘ruqxona, karantinga olindi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:59
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное