Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentdagi 76 mingga yaqin xonadon 60 yil avval qurilgan va yashash uchun xatarli bo`lgan eski uylarda hayot kechirmoqda




O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirzieyov o`zining Toshkent shahri saylovchilari vakillari bilan uchrashuvdagi nutqida shaharning bosh rejasiga asosan, aholining turmush sharoitini yaxshilash maqsadida, 290 ming odam yoki 86 ming oila uchun umumiy hajmi 8 million kvadrat metrdan ortiq bo`lgan yangi ko`p qavatli uylar barpo etilishi haqida ma`lum qilgandi.

“Hisob-kitoblarga ko`ra, poytaxtimizda 76 mingga yaqin xonadon 60 yil avval  qurilgan va yashash uchun xatarli bo`lgan eski uylarda hayot kechirmoqda.

Aynan shu bois biz bu borada mutlaqo yangi dasturni amalga oshirish bo`yicha, ya`ni 7 va 9 qavatli, ko`p xonadonli arzon uy-joylar qurish to`g`risida qaror qabul qildik.

Daromadi yuqori bo`lmagan, shuningdek, eski uylarda yashayotgan oilalar imtiyozli ipoteka kreditlari va soliq imtiyozlari asosida bunday uylardan kvartira xarid qilish imkoniyatiga ega bo`ladi.

Xususan, dastlabki bosqichda ushbu maqsadlarga kelgusi 5 yilda jami 2,5 trillion so`m mablag` yo`naltiriladi. Jumladan, 1,8 trillion so`m banklarning imtiyozli kreditlari va 615 milliard so`m aholining boshlang`ich badallari hisobiga shakllantiriladi. Buning evaziga 32 ming xonadondan iborat bo`lgan 500 ta ko`p qavatli uy barpo etiladi”, deydi Shavkat Mirziyoev o`z nutqida.

Turar-joy mavzelarini qurishda ularning barcha ijtimoiy infratuzilma ob`ektlari hamda muhandislik tarmoqlari bilan ta`minlanishi, uylarning atrofini obod qilish ko`zda tutilgan.

Shu bilan birga yangi quriladigan aholi mavzelariga yaqin joylarda xizmat ko`rsatish sohalarida yangi ish o`rinlarini yaratish rejalashtirilgan.

Masalan, Bektemir tumanida yaqin 5 yil ichida 20 ta ko`p qavatli uy yangidan qurilib, jami 4 mingdan ortiq aholi zamonaviy uy-joy bilan ta`minlanadi. Ushbu ko`p qavatli uylar Husayn Boyqaro ko`chasi hamda “Binokor” va “Suvsoz” dahalari bo`ylab barpo etilishi mo`ljallanmoqda.

Yashnobod tumanidagi Taraqqiyot ko`chasida 70 dan ortiq ko`p qavatli uylar, savdo-ko`ngilochar markazlari, sport-sog`lomlashtirish majmualari qurilishi yaqin kunlarda boshlanadi.

Mirzo Ulug`bek tumanida 60 dan ortiq ko`p qavatli uylar qurilmoqda. Bu erda 20 ming 600 dan ortiq aholi zamonaviy uy-joy bilan ta`minlanadi.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3230 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Toshkent, Shavkat Mirzieyov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
NuR_KR Yaxshiyu B)
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное