Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

U-23 Osiyo chempionati. O'zbekiston OTJ Xitoyni ishonchli tarzda yengdi


Ayni kunlarda Taylandda U-23 Osiyo chempionati davom etmoqda. Xabaringiz bor, O'zbekiston U-23 terma jamoasi 1-turda Eron olimpiya terma jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o'ynashgan edi.

Bugun, terma jamoamiz a'zolari Xitoy olimpiya terma jamoasiga qarshi to'p surib, ishonchli tarzda g'alaba qozonishdi.

Dastlab, birinchi taymga qo'shib berilgan daqiqalarda termamiz sardori Islomjon Qobilov penaltidan hisobni ochgan bo'lsa, ikkinchi taymning 80-daqiqasida Nurillo To'xtasinov hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirib qo'ydi.

Xitoy – O'zbekiston – 0:2 (1:0, 1:0).

«Tinsulanon» stadioni.

Gollar: Islom Qobilov 45+2 penalti, – 0:1. Nurillo To'xtasinov 80, – 0:2.

Amalga oshirilmagan penalti: Islom Qobilov 66 (darvozabon).

Xitoy U-23: 12.Chen Vei, 3.Xuang Zengyu, 4.Vei Zen, 5.Zu Chenjie, 6.Xuag Kong (21.Zang Lingfeng, 59), 7.Yang Liyu, 8.Duan Liyu, 10.Xu Jingxang, 11.Chen Binbin, 14.Zao Jiafey, 15.Feng Bosuan.

O'zbekiston U-23: 1.Abduvohid Ne'matov, 2.Islom Qobilov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Abdulla Abdullayev, 6.Aziz G'aniyev, 9.Jasurbek Yaxshiboyev, 10.Bobir Abdixoliqov (11.Mirjahon Mirahmadov, 86), 19.Ilhom Alijonov, 20.Husniddin Aliqulov, 22.Sanjar Qodirqulov, 23.Oybek Bozorov (8.Nurillo To'xtasinov, 76).

Ogohlantirishlar: Ilhom Alijonov 23, Xuag Kong 69.



Manba:Hordiq.uz
Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 2073 | Рейтинг: 0| Рейтинг: U-23 Osiyo chempionati, O'zbekiston, ishonchli, OTJ Xitoy, tarzda yengdi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:39
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное