Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Osiyo-Soundtreck
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
Главная » Файлы » MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI

Ucell kompaniyani sotmoqchi?

Shvetsiya va Finlyandiya hamkorligidagi TeliaSonera guruhi O‘zbekistondagi Coscom MChJ XK daromadlarini konvertatsiya qilish bilan bog‘liq muammolar tufayli kompaniyani sotishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Noviy vek” gazetasi xabar bermoqda.
Ucell savdo belgisi bilan faoliyat yurituvchi Coscom MChJ XK’ni sotish haqidagi qaror o‘tgan hafta TeliaSonera guruhi vitse-prezidenti Erik Xalbergning O‘zbekistonga tashrifi doirasida qabul qilingan, deyiladi xabarda.
OAVlarida ma’lum qilinishicha, Xalberg muzokaralar vaqtida kompaniya mablag‘larini xorijiy valyutaga konvertatsiya qilish masalasini ko‘tarib, bundan keyin ham bu ish amalga oshirilmasa, kompaniya O‘zbekiston bozorini tark etishini ta’kidlagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, TeliaSonera delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida Coscom’ni sotish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan. Biroq muzokaralar natijalari e’lon qilinmayapti, deb yozadi “Noviy vek” “RIA Novosti” axborot agentligiga asoslanib.
Ta’kidlash joiz, ayni damda Coscom kompaniyasining 94 foiz aksiyasi TeliaSonera’ga, qolgan olti foizi o‘zbekistonlik aksiyadorlarga tegishlidir.
Coscom kompaniyasi xizmatidan foydalanayotganlar soni 2014-yil 1-aprelda 8,463 million kishini tashkil qildi.
Ma’lumot o‘rnida, Beeline kompaniyasi O‘zbekistonda ilk bor LTE texnologiyasi asosida ishlaydigan mobil tarmoqning to‘rtinchi avlodini ishga tushiradi. Sekundiga 70 megabit maksimal tezlikda ishlaydigan 4G tarmog‘i joriy yil yakuniga qadar Toshkent shahridagi markaziy tumanlar — jami 10 foiz hududni qamrab oladi.
Bundan avvalroq, 2014-yil 10-sentabrga qadar yangi Universal Mobile Systems mobil aloqa operatori (Rossiyaning “MTS” va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida tashkil etiladigan yangi aloqa operatori)ga O‘zbekiston Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan tegishli litsenziya berilishi xabar qilingan edi.

ENDI YIRIK ALOQA OPERATORI YOPILADIMI... Siz nima deb o'ylaysiz?
 Manba:daryo.uz


Категория: MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI
Просмотров: 8496 | Комментарии: 12 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Ucell
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 12
guliston yopilsin xursandman! Ucellni sirti yaltiroq ichi qaltiroq. Sirti yaltiroq deganimda zolotoy raqamlarini nazarda tutayapman! Zaap köpayib ketudida oltin raqamlari.
Like | 0
timka8333 yaxwi b6bdi MTS qaytsa undan ham yaxwi b6lardi
Like | 0
Sardor1995 Yahwi böpti qutilarkanmz pas kampanyadan
Like | 0
dilbek94 Nega sotvotti to"lig'roq ma'lumot bering.
Like | 0
dilbek94 Mts qaytvottiyu endi yaxwi bo'ladi.
Like | 0
Umid_4196 Ucell exx
Like | 0
Yoromon Sotsa sotsin, baribir usell yahshi ishlamidi,postoyanna sboy svyaz,oshibka podklucheniya
Like | 0
oybe91 yer dumoloq
Like | 0
Quyoshcha Vaaay nega sotiwmasin... :'(
Like | 0
CCCR Atak nomerlarini zakrit qimasa zo'r bo'lardide ex...
Like | 0
hamza1995 salom admin ucell haqida ba'tafsil malumot bering qachon sotmoqchi ekan?
админHozircha bizga malum bolgan malumotlar shulardan iborat. yangi malumotlar bolsa albatta sayt orqali malum qilamiz.
Like | 0
hamza1995 nega endi kelib kelib ucell shunday bolooti nan hayron
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:04
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное