Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI

Ucell: O‘zbekistondagi faoliyatimizni davom ettiramiz


O‘zbekistonning Ucell mobil opratori TeliaSonera Shvesiya-Finlyandiya telekommunikasion guruhining “Evrosiyo” zonasini tark etishi borasidagi axboroti munosabati bilan o‘z bayonotini tarqatdi. Tahririyatga kelib tushgan bayonotda ta’kidlanishicha, kompaniya O‘zbekiston bozoridagi faoliyatini eski tartibda davom ettiraveradi.

Eslatib o‘tamiz, bugun TeliaSonera kompaniyasi prezidenti Yoxan Dennelind guruhning“Evrosiyo” mintaqasidagi, shu jumladan, O‘zbekistondagi faoliyati sekin-asta to‘xtatilishi haqida axborot berdi.

Kompaniyaning manfaat doirasidagi “Evrosiyo” mintaqasiga, O‘zbekistodan tashqari, Qozog‘iston, Tojikiston, Ozarbayjon, Moldova, Gruziya va Nepal kiradi.

«Biz bu jarayonni bir bozordan ikkinchi bozorga o‘tkazib boramiz, chunki har bir mamlakatda va har bir kompaniyada o‘ziga xos vaziyat, ammo bizning vazifamiz oxir-oqibat butun mintaqani tark etishdir”, — dedi kompaniya rahbari.

Kun.uz kompaniya vakili bilan bog‘langanida, u TeliaSonera’ning O‘zbekiston bozoridan chiqib ketishi haqida hech qanday aniq ma’lumotlar yo‘qligini, bu jarayon qachon va qanday tartibda amalga oshirilishi noaniqligini, bundan masalalar endi ishlab chiqilishini aytdi.

“Ucell kompaniyasi o‘z mijozlari va hamkorlarini ishontirib aytadiki, kompaniyaning biznes hayoti bugungi kunda mutlaqo o‘zgarmaydi. Ucell mijozlari barcha yo‘nalishlar bo‘yicha xuddi hozirgidek uzluksiz servisga ega bo‘ladi”, - deyiladi kompaniya bayonotida.

Joriy yilning iyun oyida TeliaSonera’ga aksiyalarining asosiy qismi tegishli bo‘lgan Ucell kompaniyasi 7 yilligini nishonladi. Ayni paytda uning abonentlari miqdori 8.5 mln kishini tashkil qiladi. Mamlakat bo‘ylab kompaniyaning 22 ofisi joylashgan, dilerlik tarmoqlari 2 300dan ortiq savdo punktlarini o‘z ichiga oladi.



Manba:kun.uz
Категория: MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI
Просмотров: 6687 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ucell
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Odilboy_bobo Ucell gap yo
Like | 0
Nigow771 ucellga gap yo antenasidan bowqa
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:50
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное