Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI

UMS, Beeline va Ucell narxlarini taqqoslaymiz

Internetda UMS mobil aloqa operatorining rasman tasdiqlanmagan “Start” va “Maxi” tarif rejalari haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Ularni quyida Beeline va Ucell mobil aloqa operatorlarining tarif rejalari bilan taqqoslaymiz.
Izlanishlar natijasida UMS mobil aloqa operatorining “Start” tarif rejasi Beeline’ning “Oddiy” va “Bravo Ooo” hamda Ucell’ning “Oddiy” va “Ko‘proq” tarif rejalari bilan o‘xshash ekanligi aniqlandi.
UMS’ning “Start” tarif rejasini taqqoslaymiz

UMS’ning “Start” tarif rejasida kunlik abonent to‘lovi Ucell’dagidan 2,5 barobar, Beeline’dagidan esa 1,5 barobar qimmat. O‘zbekiston bo‘yicha SMS jo‘natish va tarmoq ichida chiquvchi qo‘ng‘iroqlar uchun to‘lov miqdori ham UMS’da boshqa aloqa operatorlariga nisabatan bir sentga ko‘proq.
O‘zbekiston bo‘yicha barcha chiquvchi qo‘ng‘iroqlar ushbu aloqa operatorlarida deyarli bir xil — daqiqasiga 3 sent, faqatgina Beeline’ning “Oddiy” tarif rejasida ushbu xizmat narxi 2 sentni tashkil etadi. Uchala aloqa operatorida ham 1 Mb internet narxi 10 sentni tashkil etadi.
UMS’ning “Start” tarif rejasida har oy 100 Mb internet traffik taqdim etilsa, Beeline’da hisobni 2,99 dollarga to‘ldirilganda bir hafta uchun 200 daqiqa, Ucell’da esa 2—2,99 dollarga hisob to‘ldirilganda bir hafta uchun 200 daqiqa va 20 Mb internet-traffik taqdim etiladi.
UMS’ning “Maxi” tarif rejasini boshqa kompaniyalar narxlari bilan solishtiramiz
UMS aloqa operatorining “Maxi” tarif rejasi esa Beeline’ning “Status Silver” hamda Ucell’ning “Unlimited” tarif rejalari bilan o‘xshash bo‘lib, quyidagi jadvalda ularning narxini taqqoslash mumkin.

Ucell’ning “Unlimited” tarif rejasida abonent to‘lovi UMS va Beeline’dagiga qaraganda ikki barobar baland va bu tarifga o‘tish uchun 50 sent to‘lash zarur bo‘ladi. O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun Ucell tarifida oyiga 3000 daqiqa, UMS’da 1000 va Beeline’da 300 daqiqa taqdim etiladi.
Ucell oyiga taxminan 3000 ta bepul SMS taklif qilayotgan bo‘lsa, Beeline’da nisbatan ko‘proq — 3300 ta SMS, ammo ularning faqatgina 300 tasini O‘zbekiston bo‘yicha jo‘natish mumkin. Qolgan 3000 tasi tarmoq ichida jo‘natish uchun taqdim etilgan. UMS’ning “Maxi” tarifida esa bepul SMSlar mavjud emas.
Uchala aloqa operatorida boshqa chiqish qo‘ng‘iroqlari va SMS/MMS jo‘natish narxlari deyarli bir xil. Biroq, eng ko‘p oylik bepul internet traffigini UMS taqdim etmoqda. Bunda UMS aloqa operatori Beeline’dan ikki barobar, Ucell’dan esa 25 foiz ko‘p oylik internet trafigini bepul taqdim etadi.
Manba:daryo.uz


Категория: MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI
Просмотров: 24599 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ucell, beeline, UMS
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
Jasiko Ucell da qolgan yaxshi
Like | 0
talaba000 Simkarta olish ham qimmat ekan.a? Internet zör ishlasa keragu lekin qimmat ekan.da :-(
Like | 0
Damir_95_ Ums nima u simkami
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:21
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное