Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

«Uning «Barselona»dagi tarixi tugaganiga ishonmayman» - Laporta Messini ortga qaytaradimi?
«Uning «Barselona»dagi tarixi tugaganiga ishonmayman» - Laporta Messini ortga qaytaradimi?

«Barselona» keyingi yozda Messini qaytarmoqchi. Klub afsona oldidagi aybini yumshatishni reja qilgan.

Bir yil oldin Leo Messining Barselonadagi xayrlashuv matbuot anjumanida u bilan birga butun futbol olami yig‘laganga o‘xshardi. Bu bir vaqtning o‘zida ham ta’sirli, ham dahshatli adolatsizlik hissi tufayli og‘riqli edi. La Ligadagi maosh chegarasi bilan bog‘liq metin qoidalar tufayli Messi qadrdon jamoasida qola olmadi. U ramziy maoshga va hatto tekinga o‘ynashga rozi bo‘lsa ham buning iloji yo‘q edi.

Albatta qonunlarga rioya qilinishi kerak. «Barselona»ga milliard yevrolik qarzni qoldirib ketgan sobiq prezident Jozep Bartomeu qoidalarga beparvolik bilan tupurgandi. Klub prezidentligiga qaytgan Joan Laporta esa La Ligadan eng yorqin yulduziga nisbatan xayrixohlik kutdi. Uning nimaga umid bog‘lagani tushunarsiz. Ammo Messi bilan xayrlashish tadbiri qanday tashkil etilgani haqiqiy sharmandalik.

Argentinalik yulduz Ispaniya Kubogida g‘alaba bilan yakunlangan ajoyib mavsumdan so‘ng, ta’tildan bir o‘y bilan qaytdi – yangi shartnomani imzolash. U yerda yozilgan bandlarga ko‘ra, Messi faoliyatini yakunlagach, «Barselona» elchisi sifatida MLS ligasiga yo‘l olishi, keyin esa klubdagi rahbarlik lavozimlaridan birini egallashi kerak edi. Ular hatto taqdimot sanasini ham belgilashdi.

Ammo kutilmaganda, tantanali marosimdan bir kun oldin klub ofisiga kelgan Messining ustiga bir chelak muzli suv quyildi. Argentinalikka muloyim tarzda chiqish eshiklarini ko‘rsatishgan bo‘lsa-da, u hissiyotlarini shunday tasvirladi.

Messi xayrlashar ekan, vaziyatni qabul qilishga urinayotgan va hech kimni ayblamayotgan odamdek taassurot qoldirdi. Ammo shubhasiz, unda alam bor edi. Leo o‘zini aldangandek his qildi. Laporta esa rasmiy xayrlashuvdan so‘ng, undan tekinga o‘ynashga tayyorligi haqidagi so‘zlarni eshitishga umid qilganini aytdi. Messi bundan ranjidi.

«Maoshimni 50 foizga qisqartirishni so‘rashdi va men buni ikkilanmasdan qabul qildim. Biz klubga ko‘proq yordam bera olardik. Mening va oilamning xohishi Barselonada qolish edi. Hech kim mendan tekinga o‘ynashni so‘ramagan, shu tufayli, prezident so‘zlarini o‘rinsiz deb bilaman. Ular meni xafa qilishdi, chunki bunday gaplarni aytmasligi kerak edi. Bu xuddi to‘pni egallab olib, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olmaslikka o‘xshayapti. Bu gaplardan so‘ng odamlar o‘ylanib qolishadi va menga nisbatan shubha uyg‘onadi. Men bunga loyiq emasman», dedi Messi «PSJ» klubiga ko‘chib o‘tganidan so‘ng.

Xavining iltimosi

May oyida Laporta intervyu berib, Messi haqida ko‘p gapirdi. Bu esa uning otasi Xorxeni g‘azablantirdi. Katta Messi «Barselona» prezidentiga qo‘ng‘iroq qilib, Leo haqida gapirishni to‘xtatishni, o‘g‘lining dilini og‘ritmaslikni so‘ragan. Shuningdek, uning qaytishi imkonsiz ekanini aytgan.

Lekin populizmga moyil bo‘lgan Laportani kimdir to‘xtata olarmidi?! Las-Vegasda o‘tkazilgan Klasikodan oldin, kuchli transfer kampaniyasidan va televideniye huquqlarining bir qismini sotishdan olingan daromaddan ilhomlangan prezident axborot maydonini portlatdi.

«Messi biz uchun hamma narsa edi. U «Barsa» tarixidagi eng yaxshi, eng samarali futbolchi bo‘lgan. Uni faqat Yohan Kroyff bilan taqqoslash mumkin. Messining «Barselona»dagi tarixi tugaganiga ishonmayman. Bu bob hali ham ochiq ekaniga, yopilmaganiga ishonch hosil qilishimiz shart. Bu bizning burchimiz.

«Men undan qarzdor ekanimni his qilyapmanmi? Ha. Ma’naviy jihatdan, «Barselona» prezidenti sifatida qo‘limdan kelgan ishni qildim, deb o‘ylayman. Ammo aynan «Barselona» prezidenti sifatida shaxsan undan qarzdorman», dedi Laporta.

Prezident sobiq sardor oldidagi ma’naviy burchini tan oldi, albatta bu yangilik emas. Biroq, mavzuni klubga yaqin bo‘lgan Sport nashri rivojlantirdi. Unda «Barselona» bosh murabbiyi Xavi Laportadan Messini kelasi yozda «Kamp Nou»ga qaytarishni so‘ragani haqida xabar berildi. Sana esa tasodifan tanlanmagan, chunki 2023 yilda argentinalikning «PSJ» bilan imzolagan shartnomasi muddati tugaydi. «Barsa» prezidenti esa yulduzlar doimo klubga tekinga qaytishi kerakligini aytib keladi.

Messining o‘zi bunga tayyormi? Xayrlashish paytida u albatta qaytishini aytgandi. Sport nashriga bergan intervyuda uning oilasi albatta Barselonada yashashi kerakligi haqida gapirdi. Shuningdek, ko‘k-anorranglilar sport direktori bo‘lish orzusi borligini ma’lum qildi. U orqaga qaytish uchun kerak bo‘lgan ko‘priklarni yoqib yubormadi. Chunki prezident shaxsiyati va klub bir xil narsa emas.

So‘nggi voqealardan kelib chiqqan holda, Messining «PSJ» bilan imzolagan shartnomasi qachon tugashini bilmasligi haqidagi so‘zlari boshqacha yangramoqda. Gap shundaki, uni yana bir mavsumga uzaytirish haqidagi band bor. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, parijliklar rahbariyati ushbu variantni faollashtirish istagi borligi haqida futbolchini allaqachon ogoh qilgan. Argentinalik esa JCh-2022 yakunlangach, jismoniy va emotsional holatiga baho berib, so‘ngra bir qarorga kelishini aytgan.

Ammo endi Messining «Kamp Nou»ga mulozim sifatida emas, balki futbolchi sifatida qaytish imkoniyatini baholashimiz kerakdek ko‘rinadi. Va bu ajoyib bo‘lardi, chunki shoh o‘z faoliyatini uyida tugatishi kerak.

 


Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 633 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ortga, ishonmayman, tarixi, qaytaradimi, barselona, tugaganiga, MESSI, Laporta
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:40
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное