Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Xitoy koronavirusi bo‘yicha 2-fevralning eng muhim xabarlari


Xitoy sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi yangi koronavirusni yuqtirish bilan bog‘liq 14 380 ta holatni qayd etdi. Butun dunyoda kasallanganlarni hisobga olganda bu ko‘rsatkich 14 562 kishini tashkil etmoqda.

305 kishi yangi virus qurboni bo‘ldi. Xitoy tashqarisida kasallik oqibatida vafot etishi bilan bog‘liq ilk holat qayd etildi: Filippinda Uxandan kelgan erkak 1-fevral kuni hayotdan ko‘z yumgan. Ma’lumot uchun, shu vaqtga qadar koronavirus bilan kasallanish holatlari Xitoydan tashqari AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, BAA va Rossiyada qayd etildi.

Xitoy rasmiylari koronavirusga qarshi kurash uchun xayriya qilingan import tovarlarini bojdan ozod qilish haqida qaror qabul qildi. Gap tibbiy himoya niqoblari, dezinfeksiya vositalari, tez yordam mashinalari va boshqa mahsulotlar haqida ketmoqda.

Mamlakatning koronavirus o‘chog‘i bo‘lgan Xubey provinsiyasi bilan chegaradosh Xunan provinsiyasida parranda grippi tarqaldi: Parranda grippi Shaoyan shahrining Shuansin tumanida joylashgan fermada qayd etilgan. Fermada jami 7 850 ta tovuq bo‘lgan, ulardan 4500 tasi grippga chalinib, nobud bo‘lgan.

2-fevral, yakshanba kuni, Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi tezkor tibbiy yordam muvofiqlashtirish markazi tomonidan 83 nafar qozog‘istonlik, jumladan, 80 nafar talaba Uxan shahridan evakuatsiya qilindi.

Yangi Zelandiya esa Xitoyda bo‘lgan xorijliklarga mamlakat hududiga kirishni taqiqlab qo‘ydi. Endi Yangi Zelandiya hududiga chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan o‘tgan va 14 kun karantinda bo‘lgan mamlakat fuqarolari va ularning xorijdagi yaqin qarindoshlari kirishi mumkin. Taqiq 3-fevraldan kuchga kiradi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq respublikasi raisi Si Szinpinga mamlakatda tarqalgan koronavirus tufayli ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik maktubi yo‘llab, O‘zbekiston hukumati ushbu kasallik tarqalishiga birgalikda qarshi kurashish choralarini Xitoy bilan yaqindan muvofiqlashtirishga tayyorligini bildirgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirus tarqalgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini, bugungi kunga qadar O‘zbekiston fuqarolari orasida infeksiya qayd etilmaganini ma’lum qilgan.

Tashqi ishlar vazirligi Xitoydagi o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish uchun Pekindan Toshkentga charter reyslar 4 va 5-fevral kunlari Pekin aeroportning 2-terminalidan amalga oshirilishini ma’lum qilib, O‘zbekiston fuqarolaridan 3-fevral, dushanba kuni, Pekin shahridaga elchixonaga kelishlarini so‘ragan.

Shuningdek, vazirlik aviaqatnovlar bekor qilingani tufayli Pekin aeroportida qolib ketgan 3 nafar o‘zbekistonlik talabaga yordam ko‘rsatilishini ma’lum qilib, talabalar bilan aloqa o‘rnatib, muammoni hal qilish bo‘yicha diplomatlar tegishli choralarni ko‘rayotganini e’lon qildi.



Manba:daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 3007 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Koronavirus
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:10
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное