Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Yangi haydovchilik guvohnomasining to‘lov stavkalari e’lon qilindi


Yangi haydovchilik guvohnomasi va avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkanligi to‘g‘risidagi guvohnoma to‘lov stavkalari e’lon qilindi.

O‘zbekiston Adliya Vazirligi tomonidan Ichki ishlar vazirligining avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun to‘lov stavkalarini ro‘yxatdan o‘tkazdi.

Joriy yilning 1oktabr sanasidan, xalqaro standartlarga muvofiq, plastikdan tayyorlangan haydovchilik guvohnomasining yangi namunalari va avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomalari berila boshladi.

Xalqaro talablarga muvofiq ishlab chiqilgan xujjatlarga ketgan xarajatlarni hisobga olib, avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi uchun eng kam oylik ish haqqining 70% (104 842,5 so‘m), haydovchilik guvohnomasini olish uchun eng kam oylik ish haqqining 70% (104 842,5 so‘m) da to‘lovlar joriy qilindi.

Yangi namunadagi xujjatlar maxsus xavfsizlik tizimiga ega, xususan unga maxsus elektron nishon (NFC Smart-kart) o‘rnatilgan. U yordamida kontaktsiz ma’lumotlar almashinuvini o‘tkazish mumkin, unda jismoniy shaxsning identifikasion raqami (PIN JS) va yuridik shaxslar uchun Soliq to‘lovchining identifikasion raqami kiritilgan (STIR).

Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi. 2017 yilning 1 oktyabridan 2018 yilning31 dekabriga qadar ixtiyoriy ravishda, 2019 yilning 1 yanvaridan 2020 yilning 31 dekabriga qadar majburiy almashtiriladi.

Avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomalari yangi namunadagisiga o‘tkazish bosqichma-bosqich, aniqrog‘i majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan holatda 2017–2020 yilga qadar almashtiriladi.

Nozimaxon Abdurahimova



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 9722 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Haydovchilik guvohnomasi, e’lon qilindi, to‘lov stavka
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Davronmanutd1992 Yahshi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:21
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное