Меню
Мега Музыка
Поиск
Oпрос
Какая у вас скорость для TAS-IX ?
Barcha ovozlar: 3737
Фотоалбом
Главная » Muchallar va Burjlar haqida » BURJGA QARAB SOVG'A TANLASH

Javzo (21-may 21- iyun)
Javzolar sovg’aga unchalik katta e’tibor berishmaydi. Agar hadyalar uchun bosh qotirishlariga to’g’ri kelsa, ularda nohush taasurot qoladi yoki bu borada majburiyat xis qilishmaydi, mabodo tuhfalarni o’zlari qabul qilishsa., vaqtichog’liq damlarini boshdan kechirmaydilar.
 
 Mazkur burj vakillari uchun sovg’aning qandayligidan ko’ra, uni kim bergani muhim. Javzo va Dalvlarni tabriklashni unutsangiz, boshqa burj vakillariga qaraganda ular bundan og’rinmaydilar. Shunday ekan , sovg’a masalasida kuchli siqilishlarni sezmaysiz.
 
  Javzoga sovg’a sifatida yaxshi kitob, ruchkalar to’plami, kalkulator va kompyuter bersangiz, quvonib ketadi. Bu uning dunyoqarashini kengaytirishini bilgani uchun ham ko’ngli chog’ bo’ladi. Javzolar uchun davriy nashrlarga obuna tashkil eting, ularga kabel televideniyasini ulab bering, turli imkoniyatlarga ega qo’l telefonlari sovg’a qiling. Har qqanday yangi tehnik jihozlar bu insonlarga ma’qul tushadi.
 
 Ularda siz sovg’a qilishni mo’ljallagan buyum yo’q, deb o’ylamang, Javzolarda kamdan – kam jihoz bitta bo’ladi. Biroq Javzo parishonhotirligi bois talay buyumlarini hamisha yo’qotib yuradi. Tasavvur qilyapsizmi, unga berish uchun qanchadan – qancha mayda – chuyda xarid qilishingizni? Yo’qotishi mumkin bo’lgan hamma narsani! Javzoni diqqat – e’tiboringiz bilan hushnud etish niyatingiz bor ekan, unga katta – kichik qitilardagi turli mayda – chuydalarni tortiq qiling – o’shalar bilan ovunaversin, shu tarzda siz tantanaga tashrif buyurgan mehmonlarning quvonishlar uchun zamin yaratgan bo’lasiz.
 
 Sovg’alar o’ramini chiroyli qilishga urinmang. Javzoni bu emas, balki ana shu o’ram ichida nima borligi qiziqtiradi. Ularda manfaatdorlikdan ko’ra qiziquvchanlik ustun. Sovg’ani siz olib kelganingiz Javzoni ko’proq quvontiradi.
 
 Qisqasi, ushbu burj vakillari – boshqalarga o’xshamaydigan, o’zgacharoq odamlar. Shunday ekan, ularga tortiq qilinadigan sovg’alar ham munosib bo’lishi kerak. Mayli, hadyangizni o’z qo’lingiz bilan yarating, biroq u oddiygina mayda – chuydalar bo’lmasin. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Javzolar nafaqat sovg’alarga balki ularni qay tarzda hadya etishingizga ham e’tibor beradilar!

Категория: BURJGA QARAB SOVG'A TANLASH | Жойлашган бўлим: ADMIN | Жойлашган бўлим: Burjlar haqida
| Комментарии: 1 | Рейтинг: 0.0/0
Mavzuga Oid KINOLAR:
Реклама

Всего комментариев: 1
Salohiddin97 Haqiqatdan ham sovg'ani kim bergani muhimro deyarli 90% to'g'ri keldi menga
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:29
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новости сайта



Дополнителное меню
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное