Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

1 yanvardan masofadan ma’lumot uzatuvchi suv hisoblagichlar o‘rnatiladi

2023 yil 1 yanvardan masofadan ma’lumot uzatuvchi zamonaviy suv hisoblagichlar o‘rnatiladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda "O‘zsuvta’minot" axborot xizmati rahbari Akmal Murodov ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, tadbirkorlarga yengillik yaratish maqsadida, suv hisoblagichlarini o‘rnatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdori 4 baravarigacha soliq imtiyozlari beriladi.

2024 yil 1 yanvardan boshlab masofadan ma’lumot uzatuvchi zamonaviy suv hisoblagichlarni o‘rnatmagan yuridik shaxs va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi iste’molchilar bilan ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun suvni hisobga olish uskunasi bilan ta’minlanmagan iste’molchilar sifatida hisob-kitob qilinadi.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “O‘zsuvta’minot” va Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda sovuq va issiq suvni hisobga olish uskunalari turlariga nisbatan texnik talablar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.



Manba:Kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 620 | Рейтинг: 0| Рейтинг: masofadan, uzatuvchi, o‘rnatiladi, ma’lumot, yanvardan, hisoblagichlar, SUV
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:13
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное