Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. Saroy Javohiri-Soundtreck3
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. Efir Sirlari - Piano Version
. Qirolicha - Soundterck
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Sherlock Holmes - soundtreck (offical)
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O'zbekistonda suvdan foydalanish limitlari belgilanadi


Suvdan foydalanish va uyushmalar tomonidan suv limit asosida yetkazib berilishi hamda suv iste'molchilari tomonidan suvdan oqilona foydalanilishi ustidan tizimli ravishda nazorat o'rnatiladi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Suv iste'molchilari uyushmalari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorida keltirib o'tilgan.

Hujjatda belgilanishicha, suv iste'moli rejalari, suv olish limitlari, biznes-rejalari uyushmaning umumiy yig'ilishi tomonidan tasdiqlanadi;

• uyushmalar tomonidan barcha suv iste'molchilariga ko'rsatiladigan suv xo'jaligi xizmatlari uchun to'lovlar miqdori uyushmalarning umumiy yig'ilishida har yili tasdiqlanadi hamda belgilangan tartibda shartnomalar asosida amalga oshiriladi;

• 2020 yil 1 yanvardan boshlab qishloq xo'jaligi korxonalariga boshoqli don yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish maqsadida ajratiladigan kreditlar hisobidan uyushmalarga suv xo'jaligi xizmati xarajatlari uchun ajratiladigan mablag' jami kreditlarning 1 foizidan kam bo'lmagan miqdorda, paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan kreditlarda esa 2 foizdan kam bo'lmagan miqdorda belgilanishi tavsiya etiladi.

• suv iste'molchilari tomonidan ularga uyushmalar ko'rsatadigan xizmatlar uchun to'lov majburiy hisoblanadi.

• O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi suvdan foydalanish va suv iste'moli bo'yicha qonun hujjatlari talablariga amal qilinishi, uyushmalar tomonidan suv limit asosida yetkazib berilishi hamda suv iste'molchilari tomonidan suvdan oqilona foydalanilishi ustidan tizimli ravishda nazorat o'rnatadi.

Ma'lumot uchun, mazkur qaror 11 dekabr sanasidan e'tiboran kuchga kirgan.



Manba:Hordiq.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2063 | Рейтинг: 0| Рейтинг: foydalanish, limitlari belgilanadi, O'zbekiston, SUV
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:00
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное