Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekiston suvni tejamoqda

Markaziy Osiyoda suv tanqisligi boshlanishi mumkinligi haqidagi bashoratlar O‘zbekistonni suv tejash borasida choralar ko‘rib borishga majbur qilmoqda.
Frayburg universiteti professori Martin Xolsning ta’kidlashicha, CAAN portalida joylashtirilgan intervyusida ushbu masalani yana bir bora ko‘tarib chiqdi.
“2050 yilga qadar Qirg‘iziston muzliklaridagi suv zaxirasi yetarli bo‘lar, ammo shu sanadan so‘ng Markaziy Osiyoning alohida hududlarida suv tanqisligi muammosi kelib chiqadi”, - dedi mutaxassis.
Bu borada ayniqsa aholisi 32 mln ni tashkil qilayotgan O‘zbekiston o‘tkir muammoga duch kelishi mumkinligi aytilmoqda. Shu bois suvdan maqsadli foydalanish O‘zbekiston oldida turgan birinchi o‘rindagi masaladir. O‘zbekiston suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishga 740 mln so‘m yo‘naltirishni rejalashtirmoqda.
Tomchilab sug‘orish texnologiyasining joriy qilinishi mamlakat qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanish samaradorligini oshirishda qo‘l kelmoqda. Kelajakda bu texnologiyadan foydalanish ko‘lami yanada kengaytirilishi rejalashtirilmoqda.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5146 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: SUV, O‘zbekiston suvni tejamoqda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Nigow771 suvsiz hayot yoq
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:36
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное