Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Merlin-Soundtreck
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Soundtreck-Великолепный Век
. Pazanda - Soundtrack
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Vorislar - Soundtreck (serial korea)
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck (korea)
. Efir Sirlari - Soundtrack
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Qirolicha - Stakan Version
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Ahvolimiz chatoq: O‘zbekistonning suv zaxirasi allaqachon tugab bo‘lgan
O‘zbekistonning suv zaxirasi allaqachon tugab bo‘lgan. Hozir borini ishlatyapmiz. Ahvolimiz esa “kriticheskiy” holatda. 

Bu so‘zlar bugun, Axborot va Ommaviy Kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani davomida “O‘zsuvta’minot” AJ bosh muhandisi Anvar Muhammadaliyev tomonidan yangradi.

Uning aytishicha, O‘zbekistonning suv resurslari bugungi kunda 52-53 ming kub/kmni tashkil qiladi. Ammo O‘zbekiston aholisining bugungi ehtiyoji naq 62 ming kub/kmga teng. Shu sababli o‘sib borayotgan mamlakat fuqarolariga 6-8 ming kub/km suv yetishmasligi muammosi mavjud.

“Buxoroni ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun Samarqanddan olib kelyapmiz. Butun boshli Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatiga bahorda Mo‘ynoq tumanida suv to‘plab olib shuni beryapmiz. Bizda allaqachon suv zaxirasi qolmagan, borini ishlatyapmiz. Yerosti suvlari zaxirasi bo‘yicha ham ahvolimiz chatoq. Mana hozir sug‘orish uchun quduq qazishni kamaytirish, morotoriy bo‘yicha Prezident qarorini tayyorladik. Zomin (Jizzax), Qo‘shrabot (Samarqand), Nurota (Navoiy) tumanlarida yerosti suvlari oxirlab qolgan. Ahvolimiz allaqachon “kriticheskiy” holatda”, dedi Anvar Muhammadaliyev.

“O‘zsuvta’minot” AJ bosh muhandisining qo‘shimcha qilishicha, sug‘orishda isrofgarchilikni kamaytirishimiz, ichimlik suvidan ham foydalanishni tartibga solishimiz kerak.

“Bu faqat “O‘zsuvta’minot” AJning vazifasi emas. Bu hammaning burchi. Butun suv xo‘jaligining, suv bilan aloqador bo‘lgan barcha sohalarning qiladigan ishi”, deya ta’kidladi mutaxassis.

U fikrini yakunlar ekan, bu ketishda iste’mol uchun suvni ko‘proq olishga majbur bo‘lish ortidan qishloq xo‘jaligiga katta zarar yetishini urg‘uladi.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1440 | Рейтинг: 0| Рейтинг: allaqachon, O‘zbekiston, Ahvolimiz, bo‘lgan, zaxirasi, SUV, chatoq, tugab
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:36
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное