Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonga kuyov bo‘lgan Lord Muhammad Iltaf Shayx vafot etdi

 
Joriy yilning, 22 sentyabr kuni angliyalik Lord Muhammad Iltaf Shayx 81 yoshida vafot etdi. Bu haqda Lordning o‘zbekistonlik turmush o‘rtog‘i Guli Murodova-Shayx o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali xabar bergan.Asli kelib chiqishi panjoblik bo‘lgan Lord Muhammad Iltaf Shayx 1941 yilning 13 iyun kuni Keniyada dunyoga kelgan, Ugandada ulg‘aygan. U 1962 yilda Buyuk Britaniyaga ko‘chib o‘tgan va Londondagi Xolborn kollejida ta’lim olgan. U tadbirkorlik, sug‘urta va ko‘chmas mulk yo‘nalishlarida faoliyat olib borgan.

Jamoat va xayriya ishlarida faol bo‘lgan Shayx Muhammad 2006 yilda Lordlar palatasining teng huquqli a’zosiga aylanadi. 

2018 yil oxirida 77 yashar lord o‘zidan 45 yosh kichik o‘zbek qizi – samarqandlik Guli Murodovaga uylangan. Lord Muhammad Iltaf Shayx so‘nggi yillarda bir necha bor O‘zbekistonga kelgan va mamlakat tarixi va buguni haqida hamisha iliq fikrlar bildirgan.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2349 | Рейтинг: 0| Рейтинг: vafot etdi, Lord Muhammad Iltaf Shayx, O‘zbekiston, Kuyov, bo‘lgan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:21
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное