Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

“Atletik” Ispaniya Superkubogining ilk uchrashuvida “Barselona”ni mag‘lub etdi

Bilbaoning ““Atletik” jamoasi Ispaniya Superkubogining ilk uchrashuvida o‘z uy maydoni "San-Mames"da “Barselona”ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Uchrashuv 4:0 hisobida “basklar” foydasiga hal bo‘ldi.
Birinchi to‘pni o‘z hisobiga Mikel San-Xose uchrashuvning 13-daqiqasida yozib qo‘ydi: himoyachi raqib darvozabon Marka-Andre ter Shtegen to‘pni oldinga muvaffaqiyatsiz chiqargandan keyin maydon o‘rtasidan uni raqib jamoa darvozasiga kiritib qo‘ydi.
“Basklar” hujumchisi Aris Aduris 53, 62 va 68-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lib, o‘z hisobiga xet-trik yozib qo‘ydi. Futbolchi o‘zining 3-to‘pini Dani Alvesning o‘z jarima maydonidagi qo‘polligidan so‘ng 11 metrlik nuqtadan kiritdi.  
Javob uchrashuvi Barselonada "Kamp Nou" stadionida 17 avgustda bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.
Atletik B (Bilbao) – Barselona (Barselona) – 4:0
14 avgust. Bilbao. «San-Mames» stadioni
Gollar: San-Xose, 13 (1:0); Aduris, 53 (2:0); Aduris, 62 (3:0); Aduris, 68 (4:0, pen).
Ogohlantirishlar: Eraso, 44; Benyat, 45; Etcheyta, 70; Susaeta, 74; Gurpegi, 88; San-Xose, 90+3 – Rodriges, 41; Alves, 67; Maskerano, 80; Inesta, 90+1.


Manba:kun.uz
Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 3701 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 1| Рейтинг: barselona, Atletik, mag‘lub etdi, Ispaniya Superkubogi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
Zero11 Javob ôyini ham tugadi unga kôra barsa 5ga 1 hisobida...... Exxxx mani barsachilaga rahmim kelyapti lekn
Like | 0
roma92 Ex barsa kimlarga qoldi kuning
Like | 0
Dragones Ana bo'lmasam xa xa
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное