Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

“Barselona” Ispaniya kubogi yarim finaliga yo‘l oldi

“Barselona” Ispaniya kubogi yarim finali yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Kataloniyaliklar ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (4:2) “Atletiko”ni musobaqadan chiqarib yubordi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
“Kamp Nou”da bo‘lib o‘tgan o‘yinda “Barselona” Messining goli evaziga minimal hisobda g‘alaba qozongani bois Simeone shogirdlari o‘z uyidagi o‘yinda darvoza daxlsizligini saqlagan holda “Barselona” darvozasiga 2 ta gol urishi kerak edi. Makeranoning xatosidan so‘ng Fernando Torres o‘yinning 30-soniyasidayoq gol urib, ikki o‘yn natijasiga ko‘ra hisobni tenglashtirib qo‘ydi. Bu esa o‘yinning intrigasini keskin oshirib yubordi.
Bahsning 9-daqiqasida esa “ko‘k-anorranglilar” qarshi hujumda hisobni tenglashtirdi. Messi maydonning “Barselona” tomonida to‘pni egalladi va ikki raqib futbolchisidan o‘tib, Suaresga pas berdi. Luis o‘z vaqtida Neymarning ochilayotganini ko‘rdi va uni to‘p bilan ta’minladi. Braziliyalik hujumchi birga bir vaziyatga chiqib bordi va osonlik bilan darvozani ishg‘ol qildi — 1:1.
Shundan so‘ng, ustunlik to‘laligicha “Atletiko” tomoniga o‘tdi. Ular ketma-ket hujum tashkil qildi. O‘yinning 29-daqiqasida hakam “Barselona” darvozasiga noto‘g‘ri penalti belgiladi. Maskerano Xuanfranga nisbatan o‘yin qoidasini maydon tashqarisida buzgandi. “Matraschilar”ning “shtatdagi penaltichisi” Raul Garsiya kuchli zarba bilan jamoasini oldinga olib chiqdi.
Oradan ko‘p o‘tmay, kataloniyaliklar “standart”dan hisobni tenglashtirdi. Burchakdan yetkazilgan to‘pga Buskets bosh bilan zarba berdi. To‘p olis ustunga yaqin joyda turgan Mirandaga tegib, so‘ngra ustun orqali to‘rga borib tushdi — 2:2.
Oradan 3 daqiqa o‘tib, “Barselona” uchinchi golni urdi, ammo bu yerda ham hakamning xatosi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. Aslida “Barselona” darvozasiga penalti belgilanishi kerak edi. O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni Torres yaqin masofadan darvoza tomon tepdi. To‘p Albaning tirsagiga tegdi. Ammo hakam o‘yinni to‘xtatmadi va kataloniyaliklar qarshi hujumga o‘tdi. To‘p Messiga uzatildi, Lionel to‘p bilan oldinga harakat qildi va chap qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Albaga uzatdi. Xordi darvozabon maydonchasidagi Neymarga uzatma berdi va braziliyalik futbolchi osonlik bilan darvozani ishg‘ol qildi — 2:3.
Ushbu holat mezbonlarni aslo qoniqtirmasdi. Boz ustiga, hisob 2:3 ga yetganidan keyin madridliklar amalda yarim final yo‘llanmasidan mahrum bo‘lgandi. Asabini jilovlay olmagan “Atletiko” sardori Gabi tanaffusda, kiyinish xonasida yo‘l olish chog‘ida yuzaga keltirgan tartibsizlik tufayli “qizil” oldi.
Ikkinchi bo‘lim ham qo‘polliklarga to‘la bo‘ldi. Natijada hakam o‘yin davomida 9 ta sariq kartochka va 2 ta qizil kartochkani ko‘rsatishga majbur bo‘ldi. “Atletiko” o‘yinni 9 kishi bo‘lib yakunladi. “Barselona” ikkinchi bo‘limda imkoniyatlardan foydalana olmadi.
Kataloniyaliklar Ispaniya kubogining yarim finalida “Vilyarreal” — “Xetafe” juftligi g‘olibi bilan bahs olib boradi.
Ispaniya kubogi, chorak final, javob o‘yini
“Atletiko” — “Barselona”: 2:3
Gollar: 1:0 — 1 Torres, 1:1 — 9 Neymar, 2:1 — 30, penalti Garsiya, 2:2 — 38, avtogol Miranda, 2:3 — 41 Neymar.
Atletiko: Oblak, Xuanfran (Games, 58), Miranda, Ximenes, Sikeyra, Suares, Gabi, Turan (Kani, 63), Garsiya, Grizmann (Saul, 46), Torres.
Barselona: ter Shtegen, Dani Alves, Buskets, Pike, Alba, Inyesta, Maskerano (Matye, 62), Rakitich (Rafinya, 70), Neymar (Pedro, 77), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Garsiya (14), Maskerano (29), Gabi (41), Messi (44), Turan (48), Suares (69), Dani Alves (74), Sikeyra (75), Ximenes (83), Kani (86).
Chetlatishlar: Gabi (45), Suares (84).
Birinchi o‘yin: 0:1


Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 3074 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ispaniya kubogi, yarim final, barselona
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Zuxri2722 MESSIGA OMAD BUTUN BARSELONAGA OMAD
Like | 0
NuR_KR Neymar JR kerakli gollarni uradide ozi Barca the best of the world
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:42
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное