Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI

Beeline dunyoning eng qimmatbaho brendlar ro‘yhatiga kirdi

O‘zbekiston aloqa operatori Beeline VimpelCom Ltd. Beeline brendi dunyoning eng yaxshi 100 telekommunikasion brendlari ro‘yhatiga kirgani va 2,6 mlrd AQSh dollari miqdorida (kutilgan savdolar asosida) baholangani haqida xabar beradi. Brand Finance brendlarga baho berish bo‘yicha eng yirik konsalting kompaniyasining talqiniga ko‘ra “2015 yilning 500 ta eng yaxshi telekommunikasion kompaniyalari” bahosi bo‘yicha ma’lumotlar chop etilgan.  
Mazkur yilning hisobotida dunyodagi 900 yaqin aloqa operatorlari o‘rganib chiqilgan. VimpelCom Ltd. Beeline (Rossiya), Djezzy (Jazoir), Mobilink (Pokiston), WIND (Italiya) va Kievstar (Ukraina) brendlari dunyoning eng yaxshi 250 telekommunikasion brendlari ro‘yhatiga kirgan. Brand Financetalqiniga ko‘ra “2015 yilning 500 ta eng yaxshi telekommunikasion kompaniyalari” hisobotida brendning raqobatlarga nisbatan kuch, xatar va brend imkoniyatlari ko‘rsatgichlari keltirilgan. Hisobotni to‘rt yirik audit kompaniyalar (Deloitte, KPMG, EY va PwC), shuningdek nazorat organlari, shu bilan birga Birlashish va sotib olish bo‘yicha Buyuk Britaniya komissiyasi taqriz qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Beeline brendi O‘zbekistonda ham ko‘p marotaba mukofotlar bilan taqdirlangan. 2011 yilda www.brandnews.uz saytidagi onlayn-ovoz berish natijalari bo‘yicha “Yilning eng yaxshi brendi” deb tan olingan, 2012 yilda esa Uzbekistan Brand Awards nufuzli mukofotining “Yilning xalq brendi” va “O‘zbekiston bozoridagi eng yaxshi xalqaro brend” nomli ikki nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
Brand Finance — brendlarga baho berish bo‘yicha eng yirik jahon konsalting kompaniyasi. 1996 yilda tashkil topgan Brand Finance kompaniyasi brendlarga baho berish va umumiy bahosi milliardlab dollarga teng bo‘lgan nomoddiy aktivlar sohasida minglab loyihalarni amalga oshirgan. Tafsilotlar http://www.brandfinance.com saytida.


Manba:kun.uz
Категория: MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI
Просмотров: 3089 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: beeline
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
Nasiba97 Tarona.netga omad
Like | 0
Nasiba97 Beeline zor operator
Like | 0
Nasiba97 Zo'rku
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:13
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное