Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SOG'LIK

Boshingizni nimalar og‘rityapti?


«Uning boshi yorilay deganda....» e’tiborni jalb qiluvchi og‘riqsizlantiruvchi preparatlar reklamasi shu qadar ommalashganki, bosh og‘rig‘i kabi jiddiy bezovtalik oddiy so‘zga aylanib qolganday. Vaholanki, aynan bosh sohasida yuzaga keluvchi og‘riq jiddiy xastaliklardan darak berishi mumkin. Biroq buni ko‘pchilik bilmaydi. Xo‘sh, siz bosh og‘rig‘ini tushunasizmi? Qon bosimining oshishi bilan asabiylashish ta’sirida kelib chiqadiganini-chi, farqlay olasizmi? Bugun shu haqida suhbatlashamiz. 

Mavzu yuzasidan oliy toifali shifokor nevrolog Nargiza MALVYaNOVA ma’lumot beradi. 

ShAMOLLAGANDA...

Tana haroratining ko‘tarilishi, holsizlik, tumov va yo‘tal bilan kuzatilayotgan grippda bosh og‘rig‘i asosan chakka va ensa sohasida bo‘ladi. Bu holatda kasallik muolajasiga diqqat qilinsa, bosh og‘rig‘i ham yengillashadi. 

O‘TKIR INFEKSION KASALLIKLARDA...

Peretonit, enterit, gaymorit ham bosh og‘riqlari bilan kuzatilishi mumkin. Garchi kasallik qo‘zg‘atuvchi infeksiya ta’sirida tana harorati ko‘tarilishi kerak bo‘lsada, ayrim hollarda buning aksi ham bo‘lishi mumkin. Shu bois chakka, qosh usti va ko‘z atrofi bo‘ylab xuruj qilayotgan og‘riq jiddiy emasdek tuyuladi. Aslida esa yallig‘lanish jarayoni qancha erta aniqlansa, asoratlarning oldini olish mumkin.

QON BOSIMIGA BOG‘LIQLIGI....

Qon bosimining ko‘tarilishi ensa va boshning orqa tarafida og‘riq qo‘zg‘alishi bilan kuzatiladi. Og‘riq xarateri ba’zan keskin ba’zida esa huddi boshingizni kimdir siqayotgandek bo‘ladi. Qon bosimining keskin oshishi asabiylashish, ayrim mahsulotlar yoki gipertoniyaga moyillik bo‘lganida yuz berishi mumkin. 
Qon bosimining tushib ketishida esa bosh sohasidagi lo‘qillagan og‘riq, davomli bo‘lib, asosan peshonada kuzatiladi. Bu holat uyqusizlik, zo‘riqish yoki ayrim preparatlar ta’sirida ham kelib chiqadi. 

MIGREN BO‘LSA...

Migren xurujini farqlash qiyin emas. U asosan boshning bir qismi (o‘ng yoki chap) da  yuzaga keladi hamda keskin og‘riq bilan nomoyon bo‘ladi. Tibbiyotda injiq xastalik nomini olgan migren, havo haroratining o‘zgarishi, shovqin, yorug‘lik nuri, zo‘riqish,asabiylashish, kam uxlash va.h omillar sabab paydo bo‘ladi. Xastalik xurujida bosh og‘rig‘idan tashqari ko‘ngil aynishi, bosh aylanashi ba’zan ko‘z oldining qorong‘ilashishi ham kuzatilishi mumkin. 

INSULT XAVF SOLGANIDA...

Kutilmaganda keskin og‘riq bilan yuzaga keluvchi bezovtalik, o‘tkir, zo‘rayuvchan va boshning bir qismida sodir bo‘ladi. Ko‘p hollarda ko‘ngil aynishi, qayt qilish, hushsizlanish, muvozanatning buzilishi, talvasa xurujlari bilan ham kuzatilishi mumkin. Bu kabi o‘zgarishlarda zudlik bilan shifokorga murojaat etish yoki tez yordam xizmati bilan bog‘lanish  darkor. 

ZO‘RIQISh HOLATIDA...

Boshdagi og‘riq davomli, butun kalla bo‘ylab tarqaluvchi, cho‘ziluvchan va og‘riqsizlantiruvchi preparatlarga  «taslim» bo‘lmaydigan xilidan bo‘ladi. Asosan jismoniy va aqliy toliqish, uyqusizlik, surunkali charchoq hamda komyuter qarshisida uzoq muddat o‘tirish sabab ham yuzaga keladi. Bezovtalikni yengillashtirish uchun organizmning me’yoriy holatini tiklash zarur. Yo‘qsa xurujlar qaytalanaveradi. 

JAROHATLAR...

Bosh chayqalishi, turli tashqi jarohatlar asorati havo bosimining o‘zgarishi hisobiga og‘riq berishi mumkin. Bunda boshdagi og‘riq qisqa muddatli ammo o‘tkir bo‘ladi. Shuningdek, bosh miya faoliyati bilan bog‘liq o‘zgarishlar, umurtqa pog‘onasi xastaliklari tufayli ham og‘riq kelib chiqadi. 

ShUNINGDEK...

Uzoq vaqt och yurish (parhezlar), organizmning suvsizlanishi, vitamin va mikroelementlarning yetishmasligi, kamharakatlilik, ayrim dori vositalari ham boshdagi og‘riqqa sabab bo‘ladi. Tibbiyotda allaqachon isbotlangan omillardan yana biri asabiylik. Aynan tez-tez asabiylashadigan insonlarda bosh og‘riqlari ko‘p kuzatiladi.
SIZNING HARAKATINGIZ...
Odatda barcha muammoning yechimini birgina og‘riqsizlantiruvchi dori vositasi bilan hal qilamiz. Ammo og‘riq «tili» ni tushunmay muolajani boshlash noto‘g‘ri. Aytaylik, sizda miya qon tomirlari o‘tkazuvchanligining buzilishi oqibatida bezovtalik kelib chiqqan. Xuruj sababini bilmay shunchaki og‘riqsizlantiruvchi preparat qabul qilasiz. Vaholanki, bu holatda qon aylanishini yaxshilovchi usulga murojaat etish kerak edi. Yoki qon bosimingiz oshganu siz esa yana og‘riqsizlantiruvchi dori ichayapsiz. Qon bosimi me’yorlashmagunicha ahvolingiz o‘nglanmaydi. Natijada dori ketidan dori ichaverasiz. Oxiyri tomirdan ineksiya yuborishgacha boriladi. 
YoDDA TUTING!
Tez-tez takrorlanayotgan bosh og‘riqlarida kuchli ta’sirga ega vositalarni davomli qabul qilish tavsiya etilmaydi. Bu nafaqat miya faoliyati balki jigar sinteziga ham zarardir. Qolaversa, muntazam og‘riqsizlantiruvchi vositalarni qabul qilish, organizmning kurashuvchanlik xususiyatini sustlashtirishi yohud o‘rganish hissini keltirib chiqarishi mumkin.
 
KIMGA MUROJAAT QILINADI?
Bir haftada 3-4 marta qaytalanuvchi bosh og‘rig‘i shifokorga murojaat qilish uchun yetarli asosdir. Bunda siz nevrolog mutaxassisga uchrashishingiz kerak. Uning ko‘rigida bezovtalik turiga ko‘ra, qon bosimi darajasi, yurak urish maromi, komyuter tomografiya usullari bajariladi. Tahlil xulosasi bezovtalik nima sababdan kelib chiqayotganini ko‘rsatgach, muolajani boshlash mumkin. Bosh og‘rig‘iga sabab bo‘layotgan xastalik holati va darajasiga ko‘ra davolash turli muddatlargacha olib boriladi. etadi.  
XURUJ VAQTI MUMKIN EMAS!
  • Spirtli ichimlik ichish, tamaki chekish;
  • Peshonaga muz bo‘laklari solingan sochiq qo‘yish;
  • Boshni ro‘molcha bilan siqib bog‘lash;
  • Bitta dori vositasi ta’sir qilmasa, ketidan ikkinchisini qabul qilish.


Категория: SOG'LIK
Просмотров: 6231 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Tamila
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:14
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное