Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » PSIXALOGIYA, OILA

«Er-xotinning yoshi munosabatlarga ta`sir etadimi? »




«Erim mendan sakkiz yosh katta. Qachon qarama «Ko`p narsaga aqling etmaydi, hali yoshlik qilasan» deb nasihat qilgani-qilgan. Uning yo`l-yo`riqlari, hatto, yotoqxonamizda ham tinmaydi...» «Meniki esa o`zim bilan tengdosh. Balki shungadir urishsak ham tezda yarashib olamiz. Keyin «nozik» munosabatlarda ham qarashlarimiz o`xshash...» «Tergab, yo`lga solib turgani yaxshi-da. Yoshi o`zingdan kichik bo`lsa, ayol ekaningni ham unutib qo`yarkansan, gohida...»

Bular to`qima «hikoya»lar emas, shifoxonada navbat kutayotib eshitganlarim, aslida. Er-xotin o`rtasidagi yosh tafovuti ehtimol kimgadir u qadar jiddiy ko`rinmas. Biroq aynan shuni deb, kelisha olmayotgan yoxud bir-birini hamon «anglash» bilan ovora bo`lgan oilalar ham yo`q emas oramizda. Xo`sh, buning sababi nima? Nozik munosabatlarga ta`siri bormi? Mavzuni hayotiy misollar yordamida tahlil qilishga urinib ko`ramiz.

Mutaxassis – androlog-seksopatolog Dilmurod ERGAShEV.

 

Tibbiyotda inson yoshi ikkiga ajratiladi. Biri organizmning biologik yoshi, ikkinchisi esa psixologik yosh. Aytaylik, yoshingiz 40da, ammo o`zingizni 30 yoshlardek his etasiz. Demakki, ko`rinishingiz ham shunga mos. Aslida, yosh nisbiy tushuncha. Biroq oilaviy munosabatlarda u muammoga sabab bo`lsa, albatta echimini topish zarur. Surishtiruvimizga ko`ra, aniqlangan holatlarni tahlil qila turib, ayollarga maslahat berishni lozim topdik. Negaligini esa sahifa so`ngida bilib olasiz. 

 

TENGDOShLAR...

Yoshlikdan bir-biriga ko`ngil qo`ygan sinfdosh yoxud kollej, institutda tanishib, sevishib qolgan juftliksiz. Turmush qurguningizga qadar bir necha yil uchrashib yurib, bir-biringiz haqida  to`liq ma`lumot olgansiz go`yo. Ammo bir oila bo`lib yashay boshlagach, tasavvurlaringiz boyiydi. To`g`ri, nozik munosabatlarda jiddiy muammongiz yo`q. Chunki qarashlaringiz o`xshash. Bu borada yagona to`siq – bir-biringizni tushunmasligingiz. U «er» maqomini istaydi, siz bo`lsa, «Qo`limdan kelganicha harakat qilayapman» «rejimi»ni ma`qul ko`rasiz. Xo`sh, «san-man»ingiz yotoqqacha kirib bormasligi uchun nima qilish lozim?

U bir vaqtlar ortingizdan ergashib, tuni bilan derazangiz tagida o`tirib chiqqan oshig`ingiz bo`lsa ham, endilikda «lavozi»mi oshgan. Juftingiz u! Shunga yarasha muomalani istaydi. Endi sizni navbatingiz – xushomad qilishu mulozamatni o`rniga qo`yishga.
«Avval boshqacha edingiz» kabi vajlarni bas qiling! Yosh qizcha emas, ayolsiz endi!
Yoshingiz tengligi sabab ayrim mavzularda bir hil fikrlaysiz, ba`zilarida esa aksincha. Agar bu  yaqinlik masalasidagi munozara bo`lsa, juftingizga imkon bering, fikrini tinglang.
O`xshash fikrlashingiz munosabatlarda bir xillikni yuzaga keltirmasin. Rang-baranglik kiritishga harakat qiling. Yo`qsa, ehtiroslar alangasi so`nib, «shartli er-xotin refleksi» paydo bo`lishi mumkin.
1-2-3 YoSh FARQ BO`LSA...

Psixologlar fikricha, er-xotin o`rtasidagi bunday yosh tafovuti eng ko`p uchraydigan holatlardan biri sanaladi. Ammo aynan mana shu oilalarda ehtiros va tushunmovchiliklar tengma-teng yurishi aytiladi. Sabab? Yosh tafovuti bir yilni tashkil qilgan juftliklar ko`pincha bir-birini tinglashmaydi. Er-xotin orasidagi yosh farqi ikki yil bo`lganlarda esa bir-biriga yon bosish taqchil. Uch yosh – bunda ko`pincha er-xotin munosabati ayol xarakteri va bilimdonligiga bog`liq. Xo`sh, «shaxsiy» hayotda-chi?

Ayol juftidan uyalishi, uning istaklariga qarshi borish mumkin. Erkak esa buning aksini istaydi.
Ayol yaqinlik borasida fikrlarini ochiq aytolmaydi. Erkak esa bunga imkon yaratish kerakligini tushunmaydi.
Ayol ro`zg`or ishlari, bolalar bilan o`ralashib, «nozik» munosabatlarni ikkinchi o`ringa surib qo`yadi. Erkak, unga bu holat tabiiyki yoqmaydi.
Keltirilgan holatlar tahmin bo`lishi ham mumkin. Ammo farazlarning ro`yobga chiqishi yoki aksincha xayollarda qolib ketishi o`zingizga bog`liq.

8-10 YoSh FARQ BO`LSA...

Turmush o`rtog`ingiz uylangunicha karera qilgan, «oyoqqa turib» so`ng oila qurgan yigitlardan. Hayot maktabida savodi chiqqanki, kezi kelganida nasihatlaridan «qoningiz» qaynaydi. O`zingizni xuddi yosh boladek sezasiz. Alam qilgani yolg`iz qolganingizda ham bu xis sizni tark etmaydi. Shuni deb, harakatlaringizni nazorat qilasiz, biror ishni noto`g`ri bajarishdan cho`chiysiz. Xo`sh, nega shunday? O`ylab ko`rganmisiz?

Orangizdagi yosh tafovuti haqidagi o`ylar miyangizga zulukdek yopishib olgan. Har o`ylaganingizda asab torlaringizni siqaveradi. Aslida esa yoshdagi farqqa e`tibor bermaslik kerak. Axir baxt, yoshingizga qarab berilmaydi-ku.
Yoringiz oldida uquvsiz ko`rinishdan qo`rqasiz. Imkon bering, o`rgatsin, yo`lga solsin. Erkaklar buni yoqtirishadi.
U bilan ko`proq suhbatlashing. Ammo turmushdagi muammolar yotoqxonaga kirmasin. Shaxsiy hududda faqat siz va u, demak mavzu ikkingiz haqingizda.
Turlanishni o`rganing! Zeb bering, ko`rkam bo`ling, sizni ko`rib juftingizning ko`zi quvnasin!
AYoL 3–4 YoSh KATTA BO`LSA-ChI?

Yuqoridagi vaziyatlarga qaraganda nisbatan kamroq uchrasa-da, bunday oilalarda ham muammolar yo`q emas. Norozilik ikki tarafdan ham chiqishi mumkin. Erkak o`ziga nisbatan hurmatsizlikdan nolisa, ayol istaklari amalga oshmayotganidan shikoyat qiladi. Aslida esa o`zaro uyg`unlikka erishish kerak, xolos.

Umr yo`ldoshingizning yoshi sizdan kichikligi bois uni rashk qilasiz, ba`zan «Men u istayotgan ayol bo`lolayapmanmi?» kabi o`y ham ta`qib qiladi. O`zingizga ishonchingiz baland bo`lsa, har qanday tannozni ortda qoldirasiz.
Gohida eringiz o`zini noqulay sezayotgandek tuyuladi. Bundan chiqdi munosabatlaringizga o`zgartirish kiritish lozim. Etakchilikni unga topshiring. Ayollik makrini ishga solarsiz-a?!
Ayollar organizmiga xos almashinuv jarayonlari hamma qatori sizda ham sodir bo`ladi. Ammo buning uchun avvaldan «nog`ora chalish» shart emas. Asabni qanchalik ehtiyot qilsangiz, o`zgarishlar shunchalik bilinmay kechadi.
Bilimdon va ustamon ayol bo`ling. Toki turmush o`rtog`ingiz o`zini beklardek sezsin. Shunda o`rtangizdagi yosh farqi ham bilinmaydi.
Eng muhimi, yoshingiz haqida o`ylashni bas qilsangiz, turmushingiz ham, munosabatlaringiz ham osoyishta bo`ladi.
«Nega bizga ko`zgu tutasiz, erkaklar-chi?» deya ranjimang. Juftingiz bosh bo`lsa, siz bo`yinsiz. Munosabatlarni yo`lga solishda bosh rol sizniki! Muhimi, ijroni bo`rttirib yubormang. Har qanday vaziyatda va har qachon juftingizni to`rga chiqaring. Shunda yutqazmaysiz!

 


Категория: PSIXALOGIYA, OILA
Просмотров: 8774 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: er-xotin
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
NuR_KR Nravitsa yes
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:04
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное