Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Ertadan O‘zbekistonda buxanka non narxi oshadi


Vazirlar Mahkamasi kecha, 13 sentabr kuni «Mamlakatimiz aholisnni va iqtisodiyot tarmoqlarini raqobat va bozor mexanizmlarini joriy etish asosida don, un va non bilan ishonchli ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Unga ko‘ra, 2018 yil 15 sentyabrdan boshlab bir kilogramm 1-nav bug‘doy unini ulgurji sotish narxi 1 400 so‘m miqdorida belgilandi. Qolipli nonni talab va taklif asosida shakllantiriladigan erkin bozor narxi bo‘yicha sotish tartibi belgilandi. Ya’ni endi narxni davlat emas, sotuvchilar bozorga qarab belgilaydi.

Shuningdek, «O‘zdonmaxsulot» AK korxonalari tomonidan spirt ishlab chiqaruvchilar va chorvachilik (parrandachilik, baliqchilik) korxonalariga don, shuningdek, oliy navli bug‘doy uni birja savdolari orkali cheklovlarsiz sotiladi.

Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda un narxi shakllanishi yuzasidan amaliy monitoring o‘rnatadi, 2018 yil 1 noyabrgacha 1-nav bug‘doy uni uchun ulgurji sotish narxini belgilash tartibini bekor qiladi.



Manba:xabar.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5475 | Рейтинг: 0| Рейтинг: buxanka, oshadi, Ertadan, O‘zbekiston, non, narx
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:58
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное