Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

iPhone kabelini qanday ta’mirlash mumkin?

Apple aksessuarlarining sifati, narxlari yuqori bo‘lishiga qaramay, ba’zan shubha ostiga olinadi. Aytaylik, kompaniya uskunalariga mo‘ljallangan original kabellar tez ishdan chiqadi. Yangisi esa yuqori narxda sotiladi.
“Layfxaker” zarar ko‘rgan simni qutqarish va yangisini olishga ketadigan pullarni saqlab qolish haqida hikoya qiladi.
Kompaniya smartfonlarining ingichka Lightning-ulagichi yaxshi izolyatsiyaga ega emasligi bois uzoq muddat xizmat qilmaydi. Egiladigan joyi ochilib ketganidan so‘ng aksessuar butunlay ishdan chiqadi. Kompaniya uskunalariga original bo‘lmagan aksessuarlarni ishlatishdan himoya o‘rnatilgan, shu bois simni tuzatish lozim bo‘ladi.
Ta’mirlashda tegishli diametrga ega oddiy termoqisqaruvchi naycha ishlatiladi. Bu narsani har qanday maishiy mollar yoki texnika do‘konidan topish mumkin.
Termoqisqargich — 1–110 millimetrlik naycha bo‘lib, simlar va elektr uskunalar izolyatsiyasida qo‘llanadi. 70–110 darajada qizitilganida naycha ikki barobarga qisqarib, o‘zi o‘rab turgan simning shakliga moslashadi. Agar tegishli diametrdagi termoqisqargich tanlangan bo‘lsa, u hech qachon simdan ajralib ketmaydi.
Quyidagi misolda 6 millimetrli termoqisqargich ko‘rsatilgan. U shtekerga kiygiziladi va kerakli haroratda qizitiladi.
Naychadan kerakli o‘lchamdagi bo‘lakni qirqib olishda har ehtimolga qarshi bir-ikki santimetr zaxira qilib olish lozim. Shundan so‘ng u ulagichga kiygizilib, izolyatsion tasma yoki qo‘l bilan harakatsiz holga keltiriladi.
Uni har qanday issiq predmet bilan qizitish mumkin: elektr kampirak, yondirgich, gazli gorelka yoki chiroq. Termoqisqargich yuqori harorat va olov bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqaga dosh bermasligi mumkin; olov ustida ko‘tariladigan issiq havoning o‘zi yetarli.
Shu tariqa, kabel ta’mirdan chiqadi va uzoq xizmat qiladi.


Manba:daryo.uz
Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 3180 | Рейтинг: 0| Рейтинг: iphone, kabel
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:53
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное