Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Titanik-soundtreck
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Choli Qushi-soundtreck
. Qaxvaxona - soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Pazanda - Soundtrack
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Osiyo-Soundtreck
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
. Ayol Qalbi - You can't say
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. Qirolicha - Stakan Version
. Sevgi Iztirobi - Anlatamam
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Jurnalist mashinasiga qo‘shib portlatib yuborildi


Rossiyaning Moskva viloyatida rus faylasufi Aleksandr Duginning qizi, jurnalist va siyosatshunos Darya Duginaning mashinasi portlab ketdi. Oqibatda jurnalist vafot etdi. Bu haqda rus ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, mashina harakatlanib ketayotgan vaqtida portlagan. 

“Kommersant” xabariga ko‘ra, kecha, 20 avgust kuni Aleksandr Dugin va uning qizi Darya Prezidentning Madaniy tashabbuslar jamg‘armasi, Moskva viloyati Madaniyat va turizm vazirligi hamda Odinsovo ma’muriyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan “An’ana” vatanparvarlik festivalida qatnashgan. Tadbir tugagandan so‘ng, Dugin va qizi birga ketishi kerak bo‘lgan, biroq ma’lum bir sabablarga ko‘ra, ular turli mashinalarda ketishgan.

Dastlab hodisaga mashina gaz ballonining portlashi sabab bo‘lgani aytilgan, biroq keyinchalik huquq-tartibot idoralari xodimlari qo‘lbola portlovchi qurilma mashina tagiga o‘rnatilganini aytgan. 

Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi markaziy apparati qotillik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan. 

“20 avgust kuni soat taxminan 21:00 larda Odinsovo shahar okrugida katta tezlikda trassada Toyota Land Cruiser  rusumli avtomobilga o‘rnatilgan portlovchi qurilma ishga tushdi va keyin mashina portlab ketdi. Yong‘in sodir bo‘ldi. Haydovchi voqea joyida vafot etdi. Marhumning shaxsi aniqlandi – bu jurnalist va siyosatshunos Darya Dugina”, deyiladi tergov qo‘mitasi xabarida. 

Keyinchalik tan olinmagan Donetsk xalq respublikasi rahbari Denis Pushilin o‘zining Telegram'dagi sahifasida Darya Duginaning o‘limida Ukrainani ayblab, post qoldirgan. 

“Ukraina rejimining terrorchilari Aleksandr Duginni yo‘q qilishga urinib, uning qizini mashinada portlatib yuborishdi”, deb yozgan Pushilin. 

Ukraina Prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak holatga munosabat bildirib, ayblovlarni rad etgan. 

"Men Ukrainaning bunga hech qanday aloqasi yo‘qligini ta’kidlayman, chunki biz Rossiya Federatsiyasi kabi jinoiy davlat emasmiz, hatto terrorchi davlat ham emasmiz", deydi  Podolyak. 

Ma’lumot o‘rnida, rus faylasufi Aleksandr Dugin Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga kirishini va uning deyarli barcha hududini bosib olishni yoqlab chiqqan.

Darya Dugina esa ijtimoiy tarmoqlarda otasining g‘oyalari bilan o‘rtoqlashgan. Otasi bilan birga u Buyuk Britaniyaning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1654 | Рейтинг: 0| Рейтинг: mashinasiga, qo‘shib, yuborildi, portlatib, jurnalist
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:07
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное