Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
. Tabib-Nadin kal kai (soundtreck koreya)
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
. Zerda - Soundtreck
. Ayol Qalbi - True Love
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Qaqnus - Mal De music
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. Hayot Sinovlari - Gulim
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

La Liga. "Barselona" o‘z uyida sharmanda bo‘ldi

Mabodo, Ispaniya chempionatining 37-turida "Real" klubi "Vilyarreal"ga qarshi o‘yinda ochko yo‘qotsa, chempionlik masalasi so‘nggi turga qolishi mumkin edi. Buning uchun esa «Barselona» o‘z uyida «Osasuna»ni mag‘lub etishi kerak edi.

Ammo Kike Seten jamoasi o‘z uyida g‘alaba qozonish vazifasini nafaqat eplay olmadi, balki mag‘lubiyatga ham uchradi.

Mehmonlar birinchi bo‘limda Arnaisning goli evaziga hisobni ochishdi. Ikkinchi bo‘limda esa Messi jarima zarbasidan hisobni tenglashtirdi.

O‘yin tugashiga 11 daqiqa qolganida "Osasuna" futbolchisi Galego maydondan chetlatildi. Qolgan daqiqalarda mehmonlar bir kishi kam bo‘lib o‘ynaganiga qaramay, qo‘shib berilgan daqiqalarda g‘alaba to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa, "Real" chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, "Barselona" raqibidan 7 ochko ortda qolib ketdi.

Ispaniya La ligasi, 37-tur
Barselona – Osasuna 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 15 Arnais, 1:1 – 62 Messi, 1:2 – 90+2 Roberto Torres.
Barselona – ter Stegen, Firpo (Alba, 79), Semedu (Vidal, 59), Langle, Serdji Roberto, Rakitich (Buskets, 67), Puch (de Yong, 79), Fati, Pike, Messi, Breytueyt (Suares, 59).
Osasuna – Errera, Navas, David Garsiya, Vidal, Aridane, Brashanas (Oyer Sanxurxo, 46), Inigo Peres, Arnais (Galego, 71), Monkayola (Roberto Torres, 85), Estupinyan (Toni Lato, 90), Adrian (Barxa, 70).
Ogohlantirishlar: Semedu (54), Rakitich (57), Estupinyan (63), Pike (69), Firpo (75).
Chetlatish: Galego (77).


Manba:aniq.uz
Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 4836 | Рейтинг: 0| Рейтинг: barselona, La Liga
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:04
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное