Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI

Mijozlar Beeline sifatidan nolimoqda

Beeline operatorining o‘zbekistonlik abonentlari kompaniya ko‘rsatayotgan xizmat sifatidan nolimoqda. Shikoyatlarda mobil internet paketlarni taqdim etish xizmatida texnik uzilish sodir bo‘lgani, mijozlar hisobidan asoslanmagan holda pul mablag‘lari yechib olingani singari kamchiliklar aytilmoqda.
Iyun oyida Unitel MChJ tomonidan O‘zbekiston qonun hujjatlari talablari buzilayotgani xabar qilingan edi. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasiga mobil aloqa xizmatlaridan foydalanuvchi abonentlardan kelib tushgan murojaatlar tahlili va monitoring natijalariga tegishli ko‘rsatmalar va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Joriy yilning yanvar va may oylari oralig‘ida inspeksiyaga kelib tushgan shikoyatlarning 29.7 foizga oshgan, bundan 74 foizi mobil aloqa xizmati sifati bo‘yicha, jumladan, tarmoqning qamrov hududi, muvaffaqiyatsiz bog‘lanishlar ulushi, yuklangan sektorlar ulushi, ma’lumotlar almashish tezligi, aloqani tiklash vaqti yuzasidan shikoyatlarni tashkil etadi.
Inspeksiya ko‘rsatmadagi talablara bajarilmagan taqdirda tegishli choralar ko‘rilishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
“Darakchi” gazetasi o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali bu borada foydalanuvchilarning fikrlarini o‘rganib chiqmoqda.
“Beeline qachon to‘layotgan pulimizga yarasha sifatli xizmat ko‘rsatadi?”, – deydi Bek Qamariddin Shayxov ismli ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri.
“Nega 2.99 dollarlik “Mega hafta” xizmatini mijozlarni ogohlantirmasdan 3.50 dollarga oshirib qo‘yishdi?”, – savol beradi boshqa foydalanuvchi, Hamidbek Yusupov.


Категория: MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI
Просмотров: 5569 | Комментарии: 8 | Рейтинг: 0| Рейтинг: beeline
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 8
Eldorbek777 Endi yaxwi buliwiga umid qilamiz
Like | 0
shahzod_uz aloqa vapwe yoq
Like | 0
Mohigul1997 5ta xalqaro sms sotib olgandim va chetga sms jönatgandim smsni hammasini olibdi ii kegin 70sent pulimi ham opti eee vawwe insof qomapti
Like | 0
Xursandbek95 Faqat o'z cho'ntagini o'ylaydi bular olayotgan puliga yarawa bo'lsayam maylidi...!
Like | 0
mucci(m) tugri qilwbdi intrnet vapwe qimmat puliga yarawa xizmat yuq.. mb tugagan vaqti ogoxlantrmasdan pul olb qoywadi
Like | 0
umidguliasal Tuppa tugri haqiqat. Internet tugri iwlamydi, aloqa yaxwimas, uz uzidan trafikla kamayib qoladi, hisobdan pul yitadi. Tuwunmadim nega unaqa
Like | 0
NuR_KR ha net juda sekin iwledi
Like | 0
Dreamer Bu bor haqiqat. Ayniqsa aloqa sifatini pastligi, internet tezligi judayam pastligi odammi asabiga teyvotti.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:43
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное