Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Nargiz Zokirova “Glavnaya ssena” loyihasida boshlovchilik qiladi

“Rossiya 1” telekanalining “Glavnaya ssena” (“Bosh sahna”) loyihasining yangi mavsumida Nargiz Zokirova ushbu shou boshlovchilaridan biri bo‘ladi, deya xabar bermoqda “Anons.uz”.
Ko‘rsatuvning yangi mavsumdagi birinchi soni 13-sentabr kuni 17:30 da “Rossiya 1” telekanali orqali namoyish etiladi.
Yangi mavsumda Nargiz Ernest Matskyavichus bilan birgalikda ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlaydi, hakamlar bilan bahslashadi va ovoz berish natijalarini hisoblaydi.
Nargiz Zokirova 1971-yil Toshkentda san’atkorlar oilasida tug‘ilgan. U taniqli opera qo‘shiqchisi, teatr va kino aktyori, O‘zbekiston xalq artisti Karim Zokirovning nabirasi. Nargiz 14 yoshida Yurmaladagi qo‘shiqlar tanlovida qatnashgan. 90-yillarda o‘zbek estradasida ijod qila boshlagan. 1995-yilda AQShga ko‘chib ketgan va oradan 20 yil o‘tib, 42 yoshida Rossiya sahnasida ko‘rinish berdi.
Nargiz Zokirovaga u “Golos” teletanlovi sahnasiga chiqqan ilk daqiqalardan boshlab ko‘pchilik qiziqish bildirdi. Bunga sabab xonandaning tashqi ko‘rinishi, noodatiy imidji, deyish mumkin. U noan’anaviy soch turmagi, bosh va qo‘llarida tatuirovkalar, turli taqinchoqlar bilan mutlaqo “o‘zbekcha” bo‘lmagan ko‘rinishda sahnaga chiqdi. Nargiz “Golos” loyihasida ikkinchi o‘ringa munosib deb topilgan edi.


Manba:daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 3199 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Glavnaya ssena, Nargiz Zokirova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное