Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qaqnus - Mal De music
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Ko'sem: Sulton Usmon o'limidagi she'ri + music
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Vorislar - Soundtreck (serial korea)
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Saroy Javohiri-Soundtreck7
. Muhabbat tafti - Meri Aankhon Mein
. Ishq Ertagi - Title sound
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Nargiz Zokirova O‘zbekistonni “zulmatli do‘zax”ga tenglashtirdi

Mashhur Zokirovlar sulolasi vakili Nargiz Zokirova, ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sha’niga yozilgan haqoratlarga javoban, uni “kelib chiqishi o‘zbekistonlik” deb tanishtirishlarini bas qilishni talab qilib, O‘zbekistonni do‘zaxga tenglashtirdi. Bu haqda u Instagram’dagi sahifasida xabar qoldirgan.
“Joningizga tegmadimi, a? Daf bo‘ling, aynan siz kabilarni deb bundan 20 yil avval qochib ketganman, aynan qochib ketganman bu O‘zbekiston nomli zulmatli do‘zaxdan!”, – dedi Nargiz Zokirova. Uning so‘zlariga ko‘ra, u “jirkanch xurofotchilar”ni deb O‘zbekistonni tark etishga majbur bo‘lgan (aynan shu o‘rinda u “o‘z vatanim”ni jumlasini ishlatgan).
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda nafaqat unga, balki uning mashhur sulolasiga ham munosib baho bermay, “o‘zlarining achinarli darajalariga tushirishga urinishgan”. “Siz bu sulolani yer bilan bitta qilishingiz emas, faxrlanishingiz kerak edi!”, – deydi xonanda.
“Men uchun qanchalar uyatli bo‘lmasin, biroq duoibad qilayotgan va mening sha’nimga chidab bo‘lmas fikrlarni yozayotgan mana shu yaramaslarni deb men O‘zbekistonni hayotimdan tag-tomiri bilan sug‘urib tashlayman!”, – deb yozadi Zokirova.
“Sizning respublikangizdan chiqqanimni unuting! Sizniki emasman men! Hech qachon sizniki bo‘lmaganman ham! Na e’tiqodim, na tashqi ko‘rinishim, na qalbim va na yuragim bilan! Mening Vatanim, bu AQSh, Rossiya, Dog‘iston, Hindiston, Xitoy… Nima bo‘lsa hammasi, faqat siz emas!”, – deya qo‘shimcha qildi Zokirova.
“Meni va oilamni tinch qo‘ying! Xudo haqqi, mening sahifamdan keting, o‘zingiz aytganingizdek, “shayton”dan nari bo‘ling! Sizning joyingiz emas bu, “iymonlilar!”, – deb o‘z kommentini yakunlagan Nargiz Zokirova.
Ma’lumot uchun, 1971 yil Toshkentda san’atkorlar oilasida tug‘ilgan Nargiz Zokirova “Yalla” ansambli solisti Farrux Zokirovning jiyani hisoblanadi. U 1995 yildan beri AQShda istiqomat qiladi. 2013 yili Rossiya televideniesining “Golos” (“Ovoz”) loyihasidagi ishtirok etib, finalga chiqqandi.

Manba:kun.uz


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 12083 | Комментарии: 6 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Nargiz Zokirova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 6
badgirln1 Худо уради бир куни ватанини дузах дегани у.н.
Like | 0
vaqt23 Urotku narguz
Like | 0
4015427 afti odamga o'xwamaydiku
Like | 0
ZoxidSHox nargiz prav!
Like | 0
Davronmanutd1992 Iflos ekan
Like | 0
Zarinamanu Rasmga qaraganda O'zbekistonimizi yomonlashuyogda tursin gapirishgayam arzimidi 6zi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:00
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное