Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Rossiyaning Birinchi kanali Nargiz Zokirovaga “buldozer” deb ta’rif berdi


20-dekabr kuni Rossiyaning Birinchi kanali orqali namoyish etilayotgan "Golos” teleloyihasi ishtirokchilari o‘rtasida yarim final bahslari bo‘lib o‘tgani, unda Leonid Agutin jamoasi a’zolaridan Nargiz Zokirova loyihaning final bosqichiga chiqishga muvaffaq bo‘lgani haqida avval xabar bergan edik.

Bugun, 28-dekabr kuni teleshouning final bahslari bo‘lib o‘tadi. Finalda Nargiz qolgan jamoalarning ishtirokchilari Sergey Volchkov, Gela Guralia va Tina Kuznetsova bilan raqobatlashadi.

Rossiyaning Birinchi kanali "Golos”ning bugungi finali haqidagi anonsni taqdim etdi. Unda har to‘rtala finalist haqida to‘xtalib o‘tilgan.

Unda Nargiz Zokirovaga "buldozer” deb ta’rif berilgan. Bunda xonanda ko‘rsatuvning har bir sonida butun zal va tomoshabinlarni o‘z ijrosi bilan larzaga keltirgani nazarda tutilgan bo‘lsa kerak. Bundan tashqari, uning hech kimga o‘xshamasligi, turli qiyofa va obrazga kira olsa-da, hamisha o‘zicha bo‘lib qolishi ta’kidlangan.

Nargizga omad tilab qolamiz. Bugungi final bahsi natijalarini nashrimizda kutib qoling. Yangiliklarimizni kuzatib boring.

Eslatib o‘tamiz, "Golos” teleloyihasining 8-noyabr kungi sonida Nargizning murabbiyi Leonid Agutin ham uning o‘z loyihadoshlari uchun kuchli raqib ekanligini, ularni o‘z iste’dodi bilan "yanchib” tashlashga qodirligini nazarda tutib, buldozerga tenglashtirgan edi.

 Manba:daryo.uz



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 6504 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Nargiza Zokirova, Nargiz Zokirova, Golos
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:45
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное