Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Qirolicha - Stakan Version
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Sherlock Holmes - soundtreck (mix)
. Saroy Javohiri-Soundtreck7
. Ayol Qalbi - True Love
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Nargiz Zokirova nevara ko‘rdi

Rossiyaning Birinchi kanali orqali namoyish etilgan “Golos” teleko‘rsatuvidagi yorqin ishtiroki bilan tanilgan, asli o‘zbekistonlik bo‘lgan qo‘shiqchi Nargiz Zokirova 13-sentabr kuni o‘g‘il nevarali bo‘ldi. Bu haqda ijodkorning ijtimoiy tarmoqlardan biridagi sahifasiga asoslanib, 12news.uz xabar berdi.
Zokirovaning 24 yoshli qizi Sabina Toshboyeva unga buvilik baxtini sovg‘a qildi. Chaqaloqqa Noy deb ism qo‘yishdi.
Ayni paytda qo‘shiqchi turmush o‘rtog‘i Filipp Balsano bilan Sabina va Laylo ismli qizlari hamda Auel ismli o‘g‘illarini tarbiyalamoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Golos” teleshousining ikkinchi mavsumida yurtdoshimiz Nargiz Zokirova ishtirok etdi va ikkinchi o‘rinni egalladi. 1984-yil rejissor Ali Hamroyevning “Vodillik kelin” filmida yangragan “Sen ketarsan” nomli qo‘shiq orqali tanilgan Nargiz O‘zbekiston Xalq artisti Farruh Zokirovning jiyanidir.
Xonanda 1971-yil Toshkentda san’atkorlar oilasida tug‘ilgan. U taniqli opera qo‘shiqchisi, teatr va kino aktyori, O‘zbekiston xalq artisti Karim Zokirovning nabirasi. Nargiz 14 yoshida Yurmaladagi qo‘shiqlar tanlovida qatnashgan. 90-yillarda o‘zbek estradasida ijod qila boshlagan. 1995-yilda AQShga ko‘chib ketgan va oradan 20 yil o‘tib, 42 yoshida Rossiya sahnasida ko‘rinish berdi.
Nargiz Zokirovaga teletanlov sahnasiga chiqqan ilk daqiqalardan boshlab ko‘pchilik qiziqish bildirdi. Bunga sabab xonandaning tashqi ko‘rinishi, noodatiy imidji, deyish mumkin. U noan’anaviy soch turmagi, bosh va qo‘llarida tatuirovkalar, turli taqinchoqlar bilan mutlaqo “o‘zbekcha” bo‘lmagan ko‘rinishda sahnaga chiqdi.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 7252 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Nargiz Zokirova, Golos
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Mikki Nevara qulluq busin....
Like | 0
Mikki Birnima diyish qiyin...nu....
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:18
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное