Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

O'zbekiston FIFA reytingida 49-o'ringa chiqib oldi




FIFA sentyabr oyi uchun terma jamoalar reytingini taqdim etdi.
O'zbekiston terma jamoasi o'tgan oydagi reytingda 55-pog'onani egallab turgan edi. Burkina-Faso, Suriya va Qatar terma jamoalari mag'lub etilgach terma jamoamizning ochkolari soni 560dan 621ga ko'paydi. O'zbekiston bugun elon qilingan yangi reytingda 6 pog'onada yuqorilab 49-o'rindan joy oldi. 48-o'rinda Greciya (622 ochko) va 50-o'rinda Serbiya (602 ochko) qayd etildi.
 
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi 2006 yil noyabr oyida FIFA reytingida 45-o'rinda qayd etilgandi. Bu mamlakatimiz jamoasining tarixidagi eng yuqori natijasi bo'lib turibdi. 
 
Terma jamoamiz Osiyo qitasi jamoalari orasida to'rtinchi o'rinni saqlab qoldi. Yangi reytingda Yaponiya bizdan pastga tushdi, Avstraliya esa qitada ikkinchi bo'lib oldi.  
 
 
Osiyo qitasining eng kuchli 20ta jamoasi esa quyidagi ketma-ketlikda joylashadi.
 
37.Eron 712
45.Avstraliya 643
47.Janubiy Koreya 634
49.O'zbekiston 621
52.Saudiya Arabistoni 589
56.Yaponiya 574
66.BAA 504
78.Xitoy 445
85.Qatar 388
86.Iordaniya 387
108.Qirg'iziston 324
110.Ummon 316
114.Suriya 315
116.Turkmaniston 312
118.KXDR 302
118.Falastin 302
125.Filippin 296
126.Bahrayn 284
128.Iroq 279
135.Tailand 246
 
 
Yangi FIFA reytingida TOP-10 quyidagicha ko'rinish oldi:
 
1.Argentina 1646
2.Belgiya 1369
3.Germaniya 1347
4.Kolumbiya 1323
5.Braziliya 1323
6.CHili 1284
7.Portugaliya 1228
8.Franciya 1188
9.Urugvay 1173
10.Uels 1161


Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 2604 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O'zbekiston MTJ, Fifa
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:30
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное