Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. Qaqnus - Soundteck (korea)
. Titanik-soundtreck
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Taqdir O'yini-Va Bank
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Efir Sirlari - Piano Version
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Qalbim Chechagi-soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda aka-uka, opa-singillarning quda-andachiligi taqiqlanishi mumkin
O‘zbekistonda aka-uka (opa-singillar)ning quda-andachiligi taqiqlanishi mumkin. Bu haqda “O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasida so‘z boradi.

Qonun loyihasiga muvofiq:

1) oilaviy huquqlarni amalga oshirish va oilaviy majburiyatlarni bajarish tizimini takomillashtirish maqsadida Oila kodeksining 10-moddasi quyidagi qoidalar bilan to‘ldirilmoqda:

“Oilada er va xotin shaxsiy hamda mulkiy huquqlarni amalga oshirish, ichki oilaviy masalalarni hal qilish, oilada bolalar tarbiyasi, ularning farovon hayot kechirishi va kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilish, shuningdek o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilish majburiyatlarini bajaradilar.

Oilaviy-huquqiy munosabatlarda oila a’zolari: er-xotin, ota-ona va bolalar (farzandlikka oluvchilar va farzandlikka olinganlar) o‘rtasidagi huquq va majburiyatlarda tengdirlar.”.

2) shaxsiy huquq va manfaatlari buzilgan oilaviy munosabatlar ishtirokchilarining sud orqali o‘z huquqlarini himoya qilishi, yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplashni talab qilish huquqi belgilanmoqda (11-modda).

3) yon shajara (nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, yon shajara bo‘yicha yaqin qarindoshlar o‘rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida) bo‘yicha yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikoh tuzishni taqiqlash nazarda tutilmoqda (16-modda).

4) nikoh shartnomasida nikohlanuvchi shaxslarning bo‘lg‘usi ota-ona sifatida bolaning ta’lim-tarbiyasi, ularni moddiy ta’minlash borasidagi huquq va majburiyatlarini kiritish belgilab qo‘yilmoqda (29-modda).

5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi PF-5938-son Farmoni 15-bandiga asosan, yarashtirish komissiyasi tugatilganligi va uning o‘rniga oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi tashkil etilganligi sababli, Oila kodeksining 40-moddasiga o‘zgartishlar kiritilmoqda.

6) soxta nikohni haqiqiy emas deb topish bo‘yicha Kodeksning 49-moddasi va 54-moddasi o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlashga qaratilgan qoidalar nazarda tutilmoqda.

7) boladan alohida yashayotgan ota (ona) bola bilan muloqot qilish huquqiga ega ekanligi hamda uning tarbiyasida ishtirok etish va ta’lim olishi masalasini hal etishda qatnashishga majburligi belgilab qo‘yilmoqda (76-modda).

8) farzandlikka olishi mumkin bo‘lgan shaxslarga nisbatan talablar kuchaytirilmoqda. Jumladan, kamida ikki yil davomida o‘zaro nikohda bo‘lgan shaxslar, shuningdek yigirma besh yoshga to‘lgan erkak yoki ayol fuqarolar farzandlikka oluvchilar bo‘lishi mumkinligi, shuningdek farzandlikka berish to‘g‘risida qaror qabul qilishdan oldin sud tomonidan sinov muddatini joriy etish belgilanmoqda (152-modda).


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 863 | Рейтинг: 0| Рейтинг: taqiqlanishi, Aka-uka, O‘zbekiston, opa-singillarning, quda-andachiligi, mumkin
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:34
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное