Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda bukmekerlikka ruxsat berildi


2020/2021-o‘quv yilidan boshlab tegishli ta’lim muassasalarida sport shifokori, sport psixologi, sport farmakologi, sport huquqshunosi va sport diyetologi yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash tashkil qilinadi.
Bu haqida “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qabul qilingan Prezident farmonida keltirilgan.

Futbolni rivojlantirish yo‘nalishlari belgilandi

Shuningdek, farmon bilan O‘zbekistonda professional futbolni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi.

Iqtidorli yosh futbolchilarni tanlash va saralab olish (seleksiya) tizimini takomillashtirish, yetakchi futbol klublariga “futbolchilar eksporti”ni amalga oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish kabilar shular jumlasidandir.

Futbol maktablari tashkil etildi

Farmonga muvofiq, bolalar-o‘smirlar futbol maktablari negizida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi futbol mahorat maktablari hamda bolalar va o‘smirlar sport maktablari tashkil etildi.

VAR tizimi joriy etiladi

2021-yilgi futbol mavsumidan boshlab Superliga jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlarda adolat va shaffoflikni ta’minlash maqsadida VAR (Video Assistant Referee – video yordamchi hakam) tizimi joriy etiladi.

Bukmerlik faoliyatiga ruxsat berildi

Farmonga ko‘ra, 2021-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beriladi.

2020-yil 1-iyunga qadar bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq qonun hujjatlari loyihalari ishlab chiqiladi.

Ularda bukmekerlik faoliyatini litsenziyalash Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshirilishi, ushbu faoliyatni davlat tomonidan nazorat qilish mexanizmlari joriy etilishi kabilar nazarda tutiladi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2165 | Рейтинг: 0| Рейтинг: bukmekerlik, O‘zbekiston, ruxsat berildi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:31
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное