Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck love (korea)
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Yoz Ifori - Soundtreck2
. Muhabbat tafti - Meri Aankhon Mein
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. Pazanda - Soundtrack
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. Choli Qushi-soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonning tashqi qarzi qanchaga yetgani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekistonning davlat qarz qoldig‘i 2022-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra 26,2 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu haqda Moliya vazirligi hisobotidan ma’lum bo‘ldi. 

Bunda mamlakatning tashqi qarzi 23,16 mlrd dollar bo‘lgan bo‘lsa, ichki qarzi 3,07 mlrd dollarni tashkil qilgan. 

Davlat qarz qoldig‘i 2022-yilning 1-iyuliga nisbatan 200 mln dollarga ko‘paygan. Bu asosan ichki qarzning o‘sishi bilan bog‘liq. 1-oktabr holatiga ko‘ra, davlat qarz qoldig‘i yalpi ichki mahsulotga (YIM) nisbatan 34,1 foiz bo‘lib turibdi. Bu ko‘rsatkich 2021-yilning boshida 39 foizga nisbatan pasaygan. YIM tez sur’atlar o‘sgani tufayli davlat qarzining YIMga nisbatan ulushi pasaymoqda.  

2022-yil boshidan davlat tashqi qarzi qoldig‘i 1,7 foizga kamaydi. Bunda, davlat budjeti taqchilligining moliyalashtirilishi va investitsion loyihalarning amalga oshirilishi natijasida qarz mablag‘larining o‘zlashtirilishi bilan birga 823 mln dollar miqdoridagi davlat tashqi qarzi so‘ndirilgan.

Tashqi qarzda O‘zbekiston nomidan jalb qilingan qarz miqdori 17 mlrd dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, davlat kafolati ostida jalb qilingan qarz 6,2 mlrd dollar bo‘lib turibdi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasining mamlakatlar iqtisodiyotiga bag‘ishlangan hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistonning davlat qarzi bugungi kunda “mo‘tadil” darajada hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, davlat qarzi bo‘yicha statistik ma’lumotlar xalqaro moliya tashkilotlari va tijorat banklari taqdim etadigan ma’lumotlar asosida aniqlashtirib boriladi.

Avvalroq inflyatsiyaning o‘sishi dunyoda nisbiy qarz yukining rekord darajada qisqarishiga olib kelgani haqida xabar berilgan edi.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1486 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O‘zbekiston, yetgani, qanchaga, ma’lum, bo‘ldi, qarzi, tashqi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:08
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное