Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Jumong-soundtreck
. TisMarHan-soundtreck
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Qirolicha - Soundterck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Parhez va sport mashqlarisiz ozishning 10 usuli


Hozirgi paytda aksariyat odamlar ozish uchun albatta parhez tutish yoki sport bilan shug‘ullanish zarur deb hisoblaydilar. Agar shunda ham ortiqcha vazn sizni tark etmasa, bu parhezning noto‘g‘riligi yoki sport mashqlarining yetarlicha intensiv emasligidan dalolatdir. Aslini olganda, shularsiz ozsa ham bo‘ladi. Qanday qilib deysizmi? Unda bu ma'lumotlar siz uchun!

1. Ovqatlanishni doim bir stakan suv ichishdan boshlang. Bu suv-tuz balansini me'yorida ushlab turishga yordam beradi. Suv oshqozondan joy olgani tufayli to‘qlik hissi odatdagidan ertaroq paydo bo‘ladi.

2. Mahsulotlarni almashtiring. Odatiy mahsulotlarni kaloriyasi kamroq mahsulotlarga almashtirishga harakat qiling. Buni asta-sekin amalga oshiring. Bizning ovqatlanish tartibimiz - bu shunchaki odat xolos. Ishoning, siz bugun hayotiy zarurat deb hisoblagan mahsulotlardan sog‘lig‘ingizga ziyon yetkazmasdan osonlikcha voz kecha olasiz.

3. Shokoladni taqiqlamang. Shirinlikni ratsiondan butunlay olib tashlash qiyin, buning keragi ham yo‘q. Shunchaki pirog, pechene va pishiriqlarni bir necha bo‘lak qora shokoladga almashtiring. Mazali, shirin va hattoki foydali bo‘ladi.

4. Sekinroq yeng. Kamroq yeyishga odatlanishingiz uchun eng oddiy maslahat. Gap shundaki, to‘qlik hissi haqidagi signal oshqozondan miyaga kechikib boradi, shuning uchun biz odatda keragidan ko‘p yeymiz. Shoshilmang va hislaringizga quloq tuting.

5. Porsiyaning optimal miqdorini qo‘l yordamida aniqlang. Buni taom idishga tushguncha aniqlash kerak, keyin emas. Keyin ortiqcha ovqatni qoldirgandan ko‘ra oldindan kerakli miqdordagi taomni solgan maqsadga muvofiqdir.

6. Ichimlikdan kaloriya to‘plamang. O‘zingizni ovqatdan qat'iy tiygan taqdiringizda ham vazningiz kamaymasa, juda alam qiladi. Buning sababi esa ketidan ichiladigan gazli ichimlik yoki shirin sharbatdir, ularning tarkibidagi qand moddasi ortiqcha vazn to‘plashga olib keladi.

7. Uzoq vaqt och yurmang. Agar siz kun bo‘yi ish bilan ovora bo‘lib, kechga yaqin ko‘p yeb yuborsangiz, bu yaxshilikka olib kelmaydi. Ovqatlanish orasidagi uzoq vaqt ishtahaning haddan tashqari ochilib ketishiga sabab bo‘ladi va oqibatda ortiqcha vazn to‘planadi.

8. Kechki ovqatni ertaroq tanovul qiling. Kechki ovqat juda kech va katta miqdorda bo‘lmasligiga harakat qiling - sutkalik ratsionning chorak qismidan ko‘p bo‘lmasin. Mana shu oddiy ikki qoidaga rioya qilmaslik oshqozon faoliyatining buzilishi, semirish va uyqusizlikka sabab bo‘ladi.

9. Do‘kondagi sneklardan uzoqroq yuring. Hattoki juda och qolsangiz ham, ekzotik mazali chips, suxari va popkorn sotib olmang. Ular bilan qorinni to‘ydirib bo‘lmaydi, aksincha oshqozonni rasvo qilasiz. Yaxshisi, o‘zingizga oldindan mazali va to‘yimli biror nima tayyorlab qo‘ying, bu qorningizni tez to‘yishi va sog‘liq uchun foydali bo‘lishi shubhasiz.

10. Ko‘proq uxlang. Uyquning yetarli bo‘lmasligi organizmda ishtahani haddan ziyod oshiruvchi bog‘lanishli reaksiyani yuzaga keltirishi mumkin. Doimiy to‘yib uxlamaslik natijasida odam kaloriyali shirin mahsulotlarni iste'mol qila boshlaydi va bu o‘z o‘rnida ortiqcha vaznning yig‘ilishiga olib keladi.



Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 4045 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ozish, parhez
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:59
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное