Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Klon-soundtreck
. Qo'rqmas - soundtreck
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Ishq Ertagi - Title sound
. Qirolicha - Soundterck
. TisMarHan-soundtreck
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. Jumong-soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Parhez va sportsiz qorinni yo‘qotishning 7 oddiy usuli

Ko‘pchilik qorinni yo‘qotish maqsadida fitnes-zallarga qatnaydi yoki karam barglarini probiotiklar bilan ketma-ket iste’mol qiladi. Albatta, bu jismoniy mukamallikka erishishning to‘g‘ri yo‘li.

Biroq jismoniy mashqlar va ovqatlanish tartibini o‘zgartirishga vaqt ham, asab ham, kuch ham bo‘lmasa, quyidagi oddiy layfxaklardan foydalaning. Ular oz bo‘lsa-da, qorinni yo‘qotishga yordam beradi.

 

1. Tikka turing

Yodingizga tushishi bilan yelkalaringizni to‘g‘irlab, qorningizni ichingizga torting. Agar esingizdan chiqib qolaversa, umurtqani tekislaydigan korrektor yoki tegishli tibbiy gadjetni sotib oling.

Biz ko‘p holatlarda qomatni tik tutishning ta’sirini yetarlicha qadrlamaymiz. Umurtqa pog‘onasini to‘g‘irlash qorinni vizual jihatdan bilintirmaslikka, bo‘yni balandroq ko‘rsatishga yordam beradi.

Mushaklar xotiraga ega, jumladan umurtqa pog‘onasiga kelganda ham. Shunday ekan, ikki-uch haftadan keyin qorin o‘zingiz istagandek yo‘qola boshlaydi. Har holda, tashqaridan qaraganda shunday ko‘rinadi.

 

2. Ko‘proq suv iching

Kuniga 8 stakandan suv ichishga oid eslatmalar hammani charchatadi. Biroq bu fakt: suv yetishmovchiligiga birinchi ishoraning o‘zidayoq achchiq evolyusion tajribaga ega organizm darhol hayotbaxsh namlikni saqlab qola boshlaydi, shu jumladan qorinda ham. Xuddi shu sabab bilan yuzaga keluvchi oyoq va qo‘llardagi shishlar ko‘pchilikka tanish bo‘lsa, press sohasidagi shishlarga kamdan-kam holatlarda e’tibor qaratamiz. Attang! Ko‘pincha qorin chiqishiga aynan shu javobgar bo‘ladi.

3. Hojatxonaga muntazam qatnang

Qorin chiqmasligi uchun bu ham ahamiyatga ega. Inson organizmi — juda sabrli va agar siz hojatxonaga borgingiz kelganda uni chidashga o‘rgatgan bo‘lsangiz, u faqat favqulodda holatlardagina sizni u yerga chorlaydigan bo‘ladi. Qolgan vaqtda peshob pufagi devorlari kengayadi, buning oqibatida esa ko‘p holatlarda qorin ortiqcha hajmga ega bo‘lib boradi.

Kuniga kamida 5-7 marta hojatxonaga kirayotganingizga ishonch hosil qiling. Tibbiyot xodimlari aynan shu raqamlarni normal deb hisoblashadi.

4. Ovqatni yaxshilab chaynang

Tushlik yoki kechki ovqatni qancha sifatli chaynasangiz, u oshqozondan shuncha kam joy oladi. Bu esa oshqozon to‘lib, qorin chiqishiga olib kelmaydi, deganidir.

Bundan tashqari, taomni qancha uzoq chaynasangiz, shuncha kamroq yeysiz, chunki siz chaynagunga qadar miya to‘yganlik haqida signal beradi va siz yeyishdan to‘xtaysiz. Bu ortiqcha kaloriya yig‘maslik imkonini beradi va istiqbolda qorin holatiga ham ta’sir qiladi.

5. Burundan nafas oling

Bir qarashda, g‘alati maslahatdek tuyulishi mumkin, biroq amaliy. Gap shundaki, og‘izdan nafas olinganda biz ichimizga havo yutamiz va bu qorin chiqishiga sabab bo‘ladi. Xuddi shu sabab ko‘p saqich chaynamaslik tavsiya qilinadi. Ovqatdan keyin saqich chaynash o‘rniga sprey yoki muz-konfetlardan foydalangan ma’qul.

6. Gormonlarni nazorat qiling

Ayollik gormoni hisoblangan estrogenning me’yordan chekinishi ko‘pincha visseral yog‘ning paydo bo‘lishiga olib keladi - u ko‘proq qorinda to‘planadi. Shu bois shifokorga ko‘rinib, estrogenga tahlil topshirish va zarurat tug‘ilganda uni normal holatga keltirishga erinmang.

7. Tepaga qarab yoting

Tepaga qarab yoting, oyoqlaringizni teparoqqa (masalan, divan suyanchig‘iga) joylashtiring, belingiz tagiga esa rulon qilib o‘ralgan sochiqni qo‘ying. Qorningizga e’tibor bering: bunday holatda u ichga kiradi va tekislanadi. Kuniga 20 daqiqadan shu oddiy gimnastikani bajarsangiz - tez orada qorin mushaklari bunday pozisiyaga o‘rganib qoladi (mushaklar xotirasini eslang).

Darvoqe, yaponlar bu mashqni chiroyli qomat garovi deb hisoblashadi.



Manba:kun.uz
Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 7193 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ozish, parhez, sportsiz
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:18
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное