Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Pazanda - The Sound of Love
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. Vorislar - Serendipity (serial korea)
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Ishq Jodusi - All I want
. Ayol Qalbi - True Love
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Saroy Javohiri - Soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Prezident Qarori bilan 4 akademik lisey tugatilib, 54 tasi kollejga aylantiriladi




O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori imzolandi.

Qaror Akademik liseylarda o`quv jarayoni sifati va samaradorligini tubdan oshirish, akademik liseylarda umumta`lim maktablarining eng qobiliyatli bitiruvchilarini jamlash, umumta`lim maktablari bitiruvchilarining tanlangan kasblar va mutaxassisliklarni egallab olishga bo`lgan ehtiyojini qondirish uchun shart-sharoitlarni yanada kengaytirish maqsadida qabul qilindi, deya xabar beradi O`zA.

O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazining respublikada faoliyat ko`rsatayotgan akademik liseylar sonini optimallashtirishni, akademik liseylarda o`quv jarayoni sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari amalga oshirilishini nazarda tutuvchi takliflarni qabul qildi.

Jumladan Qarorga ko`ra moddiy-texnik va o`quv-pedagogik bazasi nisbatan past darajali to`rtta akademik liseyni tugatilib, tugatilayotgan akademik liseylarning 1-bosqichlariga o`quvchilarni qabul qilish 2017/2018 o`quv yilidan boshlab to`xtatiladi, faoliyati ko`rsatkichlari eng past bo`lgan 54 ta akademik liseyni bosqichma-bosqich kasb-hunar kollejlariga aylantiriladi.

Kasb-hunar kollejlariga aylantirilayotgan akademik liseylarning 2- va 3-bosqichlari o`quvchilari kontingentini kasb-hunar kollejlariga aylantirilayotgan akademik liseylarning binolarida amaldagi o`quv dasturlari va o`qitish shartlari bo`yicha belgilangan tartibda o`qitishni tugallaydi.

Quyidagilar akademik liseylarning muhim vazifalari va faoliyati yo`nalishlari etib belgilansin:

umumta`lim maktablarining eng iste`dodli o`quvchilarini tanlash, ularning intellektual qobiliyatlarini yanada rivojlantirish va o`qishni oliy ta`lim muassasalarida davom ettirishga maqsadli chuqur tayyorlash; 

o`quvchilarning ijodiy salohiyati namoyon bo`lishi va faollashishiga ko`maklashuvchi, individual iste`dodlarni va har bir o`quvchining qobiliyatlari hamda xususiyatlarini hisobga olgan holda bilimlarni egallab olish jarayonida mustaqil faoliyat ko`nikmalarini shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi ta`lim muhitini yaratish; 

ilg`or mahalliy va xorijiy ta`lim muassasalarining tajribasini hisobga olgan holda ta`lim jarayonini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish va uning mazmunini doimiy ravishda yangilab borish.

Kasb-hunar kollejlariga aylantirilayotgan akademik liseylarning 2- va 3-bosqichlari o`quvchilari ta`lim yakunlangach yaqinda joylashgan ta`lim yo`nalishi o`xshash bo`lgan akademik liseylarda yakuniy davlat attestasiyasini topshiradilar va davlat namunasidagi akademik lisey bitiruvchisi diplomini oladilar. Akademik liseylarda o`quv guruhlari tarkibi 26 nafar o`quvchidan ortiq bo`lmagan tarzda shakllantiriladi.

Chuqurlashtirilib o`rganiladigan fanlar (ta`lim yo`nalishlari) bo`yicha akademik liseylarda amaliy, laboratoriya va seminar mashg`ulotlari guruhlarni ikki kichik guruhga bo`lish yo`li bilan tashkil etiladigan kichik guruhlarda o`tkaziladi. Akademik liseylarda xodimlarni pedagogik faoliyatga jalb etish oliy ma`lumotli va kamida 5 yil uzluksiz pedagogik ish stajiga ega bo`lgan shaxslar orasidan tanlov asosida amalga oshiriladi.

Akademik liseylar direktorlarining bo`sh lavozimlarini egallashga tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar bo`yicha takliflar O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tizimining boshqaruv organlari rahbar kadrlarini tanlash, tayinlash va attestasiyadan o`tkazish bo`yicha respublika komissiyasiga akademik liseylar biriktirilgan oliy ta`lim muassasalari rektorlari tomonidan kiritiladi.

Akademik liseylarning bitiruvchilariga ro`yxat bo`yicha maxsus chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan alohida mutaxassisliklar beriladi.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4000 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qaror, kasb-hunar talim
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:58
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное