Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Prezident Qarori bilan O`zbekistonda yangi teleradiokanal tashkil etiladi



O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Milliy teleradiokompaniya tarkibida “O`zbekiston 24” axborot-tahliliy teleradiokanalini tashkil etish to`g`risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda “Gazeta.uz” nashriga tayanib “Daryo.uz” xabar bermoqda.

Xorijda ham muxbirlik punktlariga ega bo`ladigan va butun respublika bo`ylab kun-u tun efirga uzatiladigan yangi kanal ishga tushirilishidan ko`zda tutilgan maqsad aholiga xolis va ishonchli axborot etkazish, mamlakat mediahududini sifatli axborot-tahlil mahsuloti bilan boyitish, mamlakat va xorijda yuz berayotgan siyosat, xavfsizlik, iqtisodiyot, madaniyat, fan va sport sohasidagi muhim voqealarni tezkorlik bilan yoritish ekanligi bildirilmoqda.

Davlat organlari mas`ul rahbarlarining aholi bilan ochiq va to`g`ridan-to`g`ri muloqotini yo`lga qo`yish, sharhlovchilar, ekspertlar, akademik doiralar vakillarini joylardagi dolzarb masalalar va fuqarolarning muammolarini muhokama etish va hal qilish uchun jalb etilishi ham “O`zbekiston 24” vazifalari sirasiga kiradi.

Mazkur qaror bilan “Diyor” telekanali va “Toshkent” radiokanali tugatiladi, ularning chastotalari hamda shtat birliklari yangi kanal ixtiyoriga o`tadi. “O`zbekiston 24” teleradiokanalining shtat birligi 251 kishidan iborat bo`lishi ko`zda tutilgan.

“O`zbekiston 24” SD va HD formatlarida raqamli efir ijtimoiy paketiga kiritiladi. Uning HD formatidagi translyasiyasi mamlakatda ushbu formatga to`liq o`tilgunga qadar parallel ravishda UzHD kanalida ham amalga oshiriladi.

Yangi kanal yaqin oylarda efirga chiqishi kutilmoqda.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3189 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yangi teleradiokanal, Ozbekiston 24, qaror, teleradiokompaniya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:02
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное