O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil 18 mart shanba dam olish kunini 2017 yil 20 mart dushanba kuniga ko`chirish to`g`risidagi Qarorni imzoladi.
2017 yil 18 mart shanba dam olish kunini 2017 yil 20 mart dushanba kuniga ko`chirish to`g`risida
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Umumxalq Navro`z bayramining yurtimiz ma`naviy hayotidagi katta o`rni va ahamiyatini e`tiborga olib hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
2017 yil 18 mart shanba dam olish kuni 2017 yil 20 mart dushanba kuniga ko`chirilsin va ish kuni deb hisoblansin;
2017 yil 20 mart dushanba kuni dam olish kuni deb e`lon qilinsin.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev