Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Rossiya Coca-Cola va Pepsi`ga qarshi sanksiya kiritish taklif qilinmoqda

Rossiya Davlat dumasida Coca-Cola va Pepsi ichimliklarini ishlab chiqaruvchi AQShning The Coca-Cola Company va PepsiCo kompaniyalariga qarshi sanksiya kiritish taklif qilinmoqda, deb xabar bermoqda “Izvestiya” gazetasi. 
Tegishli murojaatni Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevga Davlat dumasi deputati, Rossiya adolat uchun pensionerlar partiyasi raisi Igor Zotov yubordi.
“Rossiya prezidenti va hukumatining kontrsanksiyalar bo‘yicha xatti-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Rossiyaga qarshi sanksiyalarning uzaytirilishini faol qo‘llab-quvvatlayotgan AQSh Respublikachilar partiyasi va Demokratlar partiyasining rasmiy homiylari hisoblanadigan The Coca-Cola Company va PepsiCo kompaniyalari mahsulotlariga cheklov kiritishni taklif qilamiz”, deyilmoqda deputatning Medvedevga yuborgan maktubida.
Zotovning aytishicha, “ochiq manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, okeanorti ichimliklari salomatlikka katta ziyon yetkazadi va oqibatda millat sog‘lig‘iga putur keltirmoqda”.
“Bu brendlar ostida spirtsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga bu ichimliklarni ishlab chiqarishda Rossiyada ishlab chiqarilgan va davlat standartidan o‘tgan mahsulotlardan foydalanish majburiyatini qo‘yish kerak”, deydi deputat.
Ekspertlarning fikricha, bunday cheklovlar kiritiladigan bo‘lsa, spirtsiz ichimliklar bozorining 40 foizi bo‘shab qoladi.


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 5717 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Coca-Cola, Pepsi, Rossiya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Damok Chuncha spirtli ichimliklar zararlimasu Cola va Pepsi zararli bo'lib qolibdilarda. Aqmoq Rossiya!
Like | 0
samiya Bir -birlari bilan kelishib ish qilsala bo'medimi ahr har bir inson tinchlik tarafdorikuuu
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:09
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное