Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Pazanda - The Sound of Love
. Qo'rqmas - soundtreck
. Zerda - Soundtreck
. Tanho malagim - Soundtreck
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Qirolicha - Soundterck
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Samsung xolodilniklarini smartfon orqali boshqarish mumkin bo‘ladi


Samsung kompaniyasi mobil qurilmalar, televizorlar va maishiy texnika jihozlarini birlashtiruvchi Smart Home platformasini taqdim etdi. Bu haqda Samsung blogida xabar berilgan.

Smart Home platformasining tarkibiy qismlaridan biri smartfonlar uchun ishlangan maxsus dasturdir. Foydalanuvchi uning yordami bilan uydagi boshqa elektr jihozlarini boshqarishi, masalan, konditsionirni o‘chirib-yoqishi, chiroqlarni pasaytirishi mumkin bo‘ladi. Agar maishiy texnika jihozi kamera bilan ta’minlangan bo‘lsa (masalan, Samsung televizorlarida kamera mavjud), ulardan olingan tasvirlarni bu dastur smartfon ekraniga uzatib turadi.

Bulardan tashqari, dastur har bir jihozning holatini ham nazorat qilib boradi. Deylik, biror jihozda rejadagi tekshiruv vaqti kelganligini, boshqasining batareykasini almashtirish lozimligini eslatib turadi.

Smart Home doirasidagi jihozlar Samsung tomonidan ishlab chiqilgan SHP protokoli orqali o‘zaro ma’lumot almashadi. Mazkur protokol haqida hozircha batafsil ma’lumot berilmayapti.

Smart Home platformasi 7-yanvarda Las-Vegasda ochiladigan Consumer Electronics Show (CES) ko‘rgazmasida namoyish etiladi. Foydalanuvchilar uni joriy yilning birinchi yarmidayoq ishlatib ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

Ma’lum bo‘lishicha, CES ko‘rgazmasida Smart Home’ga o‘xshash mahsulotni Samsung’ning asosiy raqiblaridan biri – LG kompaniyasi ham namoyish etadi. Uning HomeChat tizimi maishiy texnika jihozlarini telefondan yuboriladigan matnli xabarlar orqali boshqarish imkonini beradi.

Manba:daryo.uz



Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 2583 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Samsung
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное